RUS-FORS URUSHLARI

RUS-FORS URUSHLARI (19-a.) Zakavkazyem hukmronlik qilish uchun Rossiya bilan Eron oʻrtasidagi urushlar:

1) 1804—13 y. lardagi rus koʻshinlarini Zakavkazyedan olib chiqib ketish haqidagi ultimatum rad etilgach, Eron tomonidan boshlangan. Rus qoʻshinlari bir necha gʻalabalarga erishgan va Shim. Ozarbayjon hududini egallagan. 1813-y. okt. da Eron Guliston sulh shartnomasini tuzishga majbur boʻlgan. Unga koʻra, Eron Dogʻistonni, Shim. Ozarbayjon ning Rossiyaga qoʻshilganligini tan olgan;

2) 1826—28 y. lardagi Sharqiy Zakavkazyeni qaytarib olish maqsadida Eron tomonidan boshlangan. Rus qoʻshinlari Naxichevan, Yerevan, Tabrizni egallagan. 1828-y. fev. da Rossiya bilan Eron oʻrtasida Turkmanchoy shartnomasi tuzilgan. Unga koʻra, Yerevan va Naxichevan xonligi Rossiyaga oʻtgan.

Rus-fors urushlari natijasida Shim. Ozarbayjon va Sharqiy Armaniston Rossiyaga qoʻshilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x