RUR KOʻMIR HAVZASI

RUR KOʻMIR HAVZASI, Quyi Reyn Vestfaliya koʻmir havzasi — Germaniyadagi Rur daryosi (Reyn daryosining oʻng irmogʻi) sohilida joylashgan koʻmir xavzasi. 13-a. dan maʼlum, 19-a. ning oʻrtalaridan faol ravishdaoʻzlashtirilgan. Maydonitaxm. 6200 km2. Koʻmir karbon davriga mansub 125 koʻmir qatlamlarini tashkil qilgan, ulardan 30—40 tasi sanoat ahamiyatiga ega (qalinligi 0,8 — 4 m). Koks boʻladigan koʻmirlari 65% ni tashkil etadi. Rur koʻmir havzasida koʻmir yer osti usulida qazib olinadi. Koʻmirning sifati yuqori: oʻrtacha kulliligi 3—8%, oltingugurt 0,5—1,5%, yonish issikligi 36,2 MJ/kg. Umumiy zaxiralari (2000 m chuqurlikkacha) taxm. 214 mlrd. t, sanoat zaxiralari (1500 m chuqurlikkacha) 20,3 mlrd. t miqdorida baholangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x