RUPIYA — 1) Hindiston Respublikasi pul birligi. 16-a. dan boshlab muomalaga kiritilgan. 1R. = 100 paysa. Xalqaro ifodasi 1NR. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 46,89 Rupiya (2003, may);
2) Pokiston Respublikasining pul birligi. 1948-y. dan muomalaga kiritilgan. 1R. =100 paysa. Xalqaro ifodasi PKR.
3) Indoneziya pul birligi. 1950-y. dan muomalaga kiritilgan. 1 R. = 100 sen. Xalqaro ifodasi IDR.