RUMSHEVICH Leonid Vladimirovich

RUMSHEVICH Leonid Vladimirovich (1905.13.5, Peterburg — 1953.30.5, Toshkent) — seleksioner olim. Oʻrta Osiyo paxtachilik va ipakchilik in-tini tugatgan (1932). SoyuzNIXI Markaziy seleksiya st-yasining «Paxtalikoʻl» tayanch punkti mudiri (1932 — 37), SoyuzNIXI ning Fargʻona qishloq xoʻjaligi tajriba st-yasi (hoz. Oʻzbekiston paxtachilik i. t. in-tining L. V. Rumshevich nomidagi Andijon filiali)da ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari va ayni vaqtda gʻoʻza seleksiyasi boʻlimi mudiri (1938—53). Ilmiy faoliyati gʻoʻza seleksiyasiga bagʻishlangan. Rumshevich serhosil, viltga chidamli yuqori texnologik koʻrsatkichlarga ega boʻlgan oʻrta tolali gʻoʻza navlari (108F, 137F, 147F, 152F, 153F, 159F) ni yaratdi. U yaratgan 108F navi (q. Bir yuz sakkiz F) jahon paxtachiligida eng yaxshi hosildor, kasalliklarga chidamli va yuqori sifatli tola beradigan nav sifatida qabul qilingan va hozir ham koʻpgina mamlakatlar (Suriya, Xitoy, Eron, Afgʻoniston va b.)da ekiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x