RUMINIYA (Romania) — Yevropaning jan. sharqidajoylashgandavlat. Mayd. 237500 km2. Aholisi 22,3 mln. kishi (2002). Poytaxti — Buxarest, sh. Maʼmuriy jihatdan 40 uyezd (iudet) va uyezdga tenglashtirilgan Buxarest munitsipiyasiga boʻlinadi.
Davlat tuzumi. Ruminiya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991-y. 8 dek. dagi umumxalq, referendumida maʼqullangan. Davlat boshligʻi — prezident (2000-y. 20 dek. dan Ion Iliyesku). U aholi tomonidan umumiy toʻgʻri, teng va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 y. muddatga saylanadi va 2 muddatdan ortiq saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament, ijrochi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.
Tabiati. Ruminiya hududining aksari qismini togʻlar va tepaliklar (oʻrtacha bal. 800 m) egallaydi. Asosiy togʻ tizmasi — Karpat mamlakat hududida katta yey shaklini hosil qiladi (eng baland nuqtasi — Moldavyanu togʻi 2544 m). Karpat togʻlarida kuchli zilzilalar boʻlib turadi. Transilvaniya platosi va Gʻarbiy Ruminiya togʻlari ham Karpat tizmasiga mansub. Jan . da Quyi Dunay pasttekisligi va Gʻarbda Oʻrta Dunay pasttekisligi joylashgan. Dunay etaklari bilan Kora dengiz oraligʻida Dobruja platosi choʻzilgan. Ruminiya xududida Kora dengiz sohilining uz. 245 km. Konstansadan shim. roqda qirgʻoqlari aksari qismi past, ayrim joylari botqoq, qum tillari va liman (qoʻltiqcha)lar bilan parchalangan, qirgʻoqqa yaqin joylarda orol koʻp. Foydali qazilmalardan neft va gaz, toshkoʻmir, temir, polimetall, mis va oltin rudalari, boksit, toshtuz konlari topilgan. Iqlimi — moʻtadil kontinental iqlim.
Eng katta daryosi — Dunay. Uning asosiy irmoqlari: Prut, Siret, Olt, Yalomitsa. Pasttekisliklarda, asosan, unumdor qora tuproq, balandliklarda qoʻngʻir va kulrang oʻrmon, togʻlarda, asosan, togʻoʻtloq tuproqlar tarqalgan. Daryo qayirlarida oʻtloq, qamishzor, oʻrmonlar bor. Transilvaniya platosi, Moldaviya qiri, Dobrujaning eng baland joylari va Karpat togʻ oldida (400 — 700 m balandlikkacha) qoraqayin aralash emanzorlar mavjud. Karpat togʻlarida (800— 1200 m balandlikkacha) qoraqayinlar, balandroqda (1500—1800 m gacha) igna bargli daraxtlar usadi. Togʻlarning eng baland joylari subalp va alp oʻtloqlari bilan band.
Hayvonot dunyosi xilmaxil. Oʻrmonlarda boʻri, tulki, qoplon, boʻrsiq, quyon, olmaxon, qushlardan boyoʻgʻli, qizilishton, kakku va b. yashaydi. Togʻ echkisi, toʻngʻiz, ayiq, bugʻu, dashtlarda sugʻur, yumronqoziq, dala sichqoni uchraydi. Ruminiya hududida Retezat milliy boi va bir necha qoʻriqxona tashkil etilgan.
Aholisining 90%ga yaqini ruminlar. Venger, nemis, loʻli, ukrain, serb va ruslar ham yashaydi. Rasmiy til—rumin tili. Shahar aholisi 55,4%. Dindorlarining aksariyati—pravoslavxristianlar. Yirik shaharlari: Buxarest, KlujNapoka, Timishoara, Yassi, Brashov, Galas, Krayova, Konstansa, Ployeshti.
Tarixi. Ruminiya hududida odam ilk paleolit davridan yashaydi. Transilvaniya, Moldova va Valaxiyada dak qabilalari yashagan. Mil. av. Ia. oʻrtalarida getdaklar kabila ittifoqi shakllanib, keyinchalik uning asosida davlat paydo boʻlaboshlagan. Mil. 2-a. boshlarida daklar yashaydigan hududni Rim bosib olib, Dakiya nomi bilan oʻz viloyatiga aylantirdi, daklar esa romanlashtirildi. 271-y. Rim imperiyasi inqirozga uchrashi natijasida rimliklar Dakiyadan chiqib ketishga majbur boʻldi. Keyinroq bu yerlarga gunnlar, gepidlar, avarlar kirib kela boshladi. 6 — 7-a. larda slavyanlar koʻchib kelib oʻrnashdi. 8—10-a. larda Ruminiya hududining talaygina qismi Birinchi Bulgʻor podsholigi tarkibiga kirdi. 10—11-a. larda bijanaklar, qipchokdar, 13-a. da moʻgʻullar bostirib keldi. 14-a. da ikki mustaqil davlat — Valaxiya va Moldova knyazliklari tashkil topdi. 16-a. ga kelib, ular Usmonli turk imperiyasi qoʻl ostiga oʻtdi. 1688 i. Transilvaniya Gabsburglar davlatiga qoʻshib olindi. 17—19-a. dagi Rossiya — Turkiya urushlari natijasida Usmonli turk imperiyasi zaiflashdi, bu esa Valaxiya va Moldova xalqlarining milliy ozodlik kurashiga qulay sharoit yaratdi. Valaxiya va Moldova knyazliklari muxtoriyatga erishdi, ularning xalqdari yagona davlat (1861-y. dan Ruminiya)ga birlashdilar. 1862-y. Buxarestda milliy majlis chaqirilib, yagona hukumat tuzildi. 1877-y. R. toʻla mustaqilliisa erishdi va 1881 y qirollik deb eʼlon qilindi.
1-jahon urushi boshlarida Ruminiya Antanta davlatlari bilan ittifoq tuzib, Avstriya Vengriya hududining bir qismini qoʻshib oldi va urushga kirishdi. Urush natijasida Ruminiya hududi va aholisi ikki baravar koʻpaydi: 1918-y. unga Transilvaniya qoʻshib berildi. Shu yili Bessarabiya va Shim. Bukovinani bosib oldi.
1929—33 y. lardagi jahon iqtisodiy boʻhroni Ruminiya sanoati (neftdan tashqari) va q. x. ga salbiy taʼsir qildi. 1928—33 y. larda hukumat tepasiga vaqtivaqti bilan millatchitsaranistlar partiyasi kelib, mamlakat iqtisodiyotini gʻarbga tobe qilib qoʻydi. Natijada Ruminiyaning gʻarbga qaram boʻlishi kuchaydi. Chet elga badargʻa qilingan (1926) taxt vorisi Karol 1930-y. mamlakatga qaytib keldi va Karol II nomi bilan taxtga chikdi. 1931-y. «Temir gvardiya» degan fashistik tashkilot tuzildi. 1939-y. martda Ruminiya bilan Germaniya oʻrtasida tuzilgan iqtisodiy bitim mamlakat iqtisodiyotini asoratga soldi.
2-jahon urushi boshlanishida Ruminiya hukumati betaraflik siyesatini eʼlon qildi, lekin 1940-y. yozida bundan voz kechdi. Mamlakat fashizm yoʻliga oʻtdi. Oʻsha yil 23 noyab. da Ruminiya Berlin paktiga qoʻshildi va 2jahrn urushida qatnasha boshladi. 1944-y. 23 avg. da Ruminiya hukumati agʻdarib tashlandi. Mamlakatning yangi hukumati 24 avg. kuni Germaniyaga urush eʼlon qildi. 1944-y. 25 okt. da Ruminiya hududi batamom ozod etildi. 1947-y. monarxiya tugatilib, Ruminiya Xalq Respublikasi eʼlon qilindi (1965-y. 21 avg. dan 1989-y. 22 dek. gacha Sotsialistik Respublika deb atalgan).
1948—89 y. larda R. Kompartiyasi (1921-y. tashkil etilgan, 1948—65 y. larda R. Ishchi partiyasi deb nomlangan) hukmronligi davrida mamlakat Sovet Ittifoqi taʼsirida boʻldi. Ayniqsa, N. Chaushesku diktatorlik rejimi (1965— 89) davlat rivojiga halokatli taʼsir qildi. 1989-y. qoʻzgʻoloni natijasida hukumat agʻdarib tashlandi, Chaushesku qatl etildi, Ruminiya KP tugatiddi, mamlakat nomi oʻzgartirilib, «Ruminiya» deb atala boshladi. Hokimiyat tepasiga Milliy qutqarish fronti kengashi, 1990-y. fev. dan Muvaqqat milliy kelishuv kengashi keldi. 1990 va 1992-y. larda birinchi marta demokratik saylov oʻtkazildi. Ruminiya — 1955-y. dan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1991-y. 20 dek. da tan olgan va 1995-y. 6 okt. da diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 1 dek. — R. milliy kuni (1918).
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Demokratik partiya, 1993-y. asos solingan; Milliy liberal partiya, 1990-y. roʻyxatga olingan; Ruminlar milliy birligi partiyasi, 1990-y. tuzilgan; R. Sotsialdemokratik partiyasi, 2001-y. R. sotsial demokratiya partiyasi bilan R. Sotsial-demokratik partiyasi qoʻshilishi natijasida tashkil topgan; R. vengerlari demokratik ittifoqi, 1989-y. tuzilgan; «Bukj Ruminiya» partiyasi, millatchi partiya. R. erkin kasaba uyushmalari milliy konfederatsiyasi, 1993-y. tuzilgan; Milliy kasaba uyushma bloki; «Alfa» milliy kasaba uyushma karteli.
Xujaligi. Ruminiya — industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 41%, qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 19%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi ulushi 40%.
Sanoati. I. ch. vositalari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar ustun. Yoqilgʻienergetika bazasining negizini gaz, kumir va neft tashkil etadi. Elektr energiya (1 y. da oʻrtacha 55 mlrd. kVtsoat) ning koʻp qismi issiklik elektr styalarida hosil qilinadi. Neft konlari, asosan, Jan. va Sharqiy Karpat etaklarida joylashgan. Temir, boksit, polimetall rudalari, mis, oltin, toshtuz va h. k. qazib olinadi. Neftni qayta ishlashning asosiy markazlari — Ployeshti, Brazi, Piteshti, Dermeneshti. Metallsozlik, qora va rangli metallurgiya rivojlangan. Slatinada alyuminiy, KopshaMikeda qoʻrgʻoshin va rux, BayaMareda mis eritiladi. Mashinasozlik, asosan, neft qazib olish va uni qayta ishlash, kimyo sanoati, yengil va oziq-ovqat sanoati, energetika uchun texnologiya mashinauskunalari va elektrtexnika mahsulotlari i. ch. ga ixtisoslashgan. Avtobus lar, t. y. transporti vositalari, qurilish mashinalari, kemalar va traktorlar ham ishlab chiqariladi. Kimyo sanoatining asosiy mahsulotlari: soda, xlor, oltingugurt kislotasi, mineral oʻgʻit, sintetik kauchuk, plastmassa, smola, kimyoviy tola, doridarmon, boʻyoq, lok va b. Binokorlik materiallari i. ch., sellyulozaqogʻoz, yogʻochsozlik (ayniqsa, mebel), toʻqimachilik tarmoqlari rivojlangan. Oziq-ovqat (meva va sabzavot konservalari, yogʻ, vino, pishloq) sanoatining ham salmogʻi katta. Asosiy sanoat markazlari: Buxarest, Konstansa, Yassi, Timishoara va b.
Qishloq xoʻjaligiga yaroqli barcha yerlar salkam 15 mln. gektar. Shundan salkam 2,5 mln. gektari sugʻoriladi. Dehqonchilik ustun. Asosiy ekinlari: makkajoʻxori, bugʻdoy, arpa, suli. Texnika ekinlaridan qand lavlagi va kungaboqar yetishtiriladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik va uzumchilik (asosan, vinobop navlar) rivojlangan. Goʻsht chorvachiligi yetakchi: qoramol, choʻchqa, qoʻy, echki boqiladi. Baliqchilik, parrandachilik, asalarichilik, pillachilik, oʻrmon xoʻjaligi rivojlangan. Q. x. mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini 60% qondiradi.
Transporti. Ruminiyaning Markaziy Yevropa mamlakatlaridan Qora dengiz va Dunayga oʻtiladigan tranzit yoʻllaridagi ahamiyati katta. Mamlakatning umumiy yuk aylanmasida t. y. ning ulushi qariyb 39,5%, dengiz transportining ulushi 48,8%, avtomobil transportining ulushi 7,1%, truboprovod transportining ulushi 3,2%, daryo transportining ulushi 1,4%. T. y. uzunligi 11,4 ming km, avtomobil yoʻllari 153 ming km. Asosiy dengiz porti — Konstansa, daryo portlari — Breila, Jurju va Galas. Buxarest (Otopen) va Konstansada xalqaro aeroportlar bor.
Tashqi iqtisodiy aloqalari. Ruminiya chetgatraktor, avtomobil, transport vositalari, kimyoviy oʻgʻit va neft mahsulotlari, qora metallar prokati, quvur, mebel, sement, poyabzal, gazlama, tovush yozish apparatlari, mineral xom ashyo va b. chikaradi. Chetdan turli mashinamexanizmlar, kimyoviy mollar, yokilgʻi va xom ashyo, oziq-ovqat, keng isteʼmol mollari keltiradi. Tashqi savdoda Germaniya, Italiya, Rossiya, Fransiya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — ley. Tibbiy xizmati. Davlatga qarashli poliklinika va kasalxonalar bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham bor. Vrach va farmatsevtlar 5 ta tibbiyotfarmatsevtika in-tida, oʻrta tibbiyot xodimlari tibbiyot maktablari va litseylarda tayyorlanadi. Ruminiyada 100 dan ortiq balneologiya va 23 iqlimiy kurort bor. Eng mashhurlari: Eforiya, Mangaliya, Konstansa, Sinaya, PoyanaBrashov va b.
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Ruminiyada taʼlim tizimi kuyidagicha: 3 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bolalar bogʻchalari mavjud. 6 yoshdan 8 y. lik maktabda taʼlimtarbiya beriladi, soʻng 2 y. lik litsey boskichi boshlanadi. 10 ylik maktab negizida hunartexnika tayyorgarligi amalga oshiriladi. Litseyni bitirganlar oliy oʻquv yurtida oʻqishni davom ettirishi mumkin. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Buxarest un-ti (1864), KlujNapoka, Brashov, Krayova, Galas, Yassi, Timishoara sh. larida untlar, politexnika intlari va b. oʻquv yurtlari bor. Ruminiyada Fanlar akademiyasi, Tibbiyot fanlari, Q. x. fanlari va oʻrmon akademiyasi, ijtimoiy-siyosiy FA, ularning filiallari va i. t. institutlari, idoraviy i. t. institutlari bor. FAning kutubxonasi, Markaziy davlat kutubxonasi, Buxarest un-tining markaziy kutubxonasi, politexnika in-tining kutubxonasi va b. kutubxonalar, shuningdek, tasviriy sanʼat, tarix, etnografiya, arxeologiya, yodgorlik muzeylari mavjud.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Ruminiyada koʻpgina gaz., jur. va byulletenlar nashr etiladi. Eng muximlari: «Adeverul» («Haqiqat», mustaqil kundalik gaz., 1989-y. dan), «Az» («Bugun», kundalik gaz., 1990-y. dan), «Viktorul rominesk» («Ruminiya kelajagi», kundalik gaz., 1990-y. dan), «Vyatsa kapitaley» («Poytaxt hayoti», kundalik gaz., 1990-y. dan), «Demokratsiya» («Demokratiya», haftanoma, 1990-y. dan), «Dreptatya» («Adolat», kundalik gaz., 1990-y. dan), «Lumya az» («Bugungi dunyo», mustaqil tashqi siyosat haftanomasi, 1963-y. dan), «Rominiya libere» («Ozod Ruminiya», kundalik mustaqil gaz., 1943-y. dan), «Tribuna ekonomika» («Iqgisodiy minbar», haftalik jur., 1990-y. dan). A. M. Pres — Mustaqil xususiy agentlik, 1991-y. asos solingan; Milliy axborot agentligi — Rompres, 1990-y. «Ajerpres» agentligi qayta tashkil etilishi natijasida tuzilgan. Radio va Erkin rumin televideniyesi, 1989-y. Rumin radio va televideniyesi asosida barpo etilgan.
Adabiyoti. Asrlar davomida marosim, doyna (ishqiy) va gayduk qoʻshiqlari milliy adabiyot shakli, rumin tilining takomillashuv vositasi boʻlib kelgan. Boyar Nyakshuning xati (1521) dastlabki yozma yodgorlik hisoblanadi. 16-a. da dunyoviy mazmundagi didaktik asar yaratilishi, diniy kitoblar rumin tiliga tarjima qilinishi tarjimachilik va noshirlik rivojiga turtki boʻldi. Rumin tili va adabiyotining qaror topishida G. Ureke (1590—1647), M. Kostin (163391), Y. Nekulche (1672—1745) va b. ijodining ahamiyati katta. Ularning qalamiga mansub yilnoma va xronikalar adabiy mavzu va uslub namunasi boʻldi. 18-a. oxiri va 19-a. 1-yarmida D. Kantemirning allegorik nasri, Ye. A. va N. Vekereskularning lirik va epik sheʼriyati adabiyot rivojiga salmokli hissa qoʻshdi. G. Asaki b-n Y. EliadeRedulesku xalq ijodiyotiga asoslanuvchi yangi rumin adabiyotini yaratdilar. 19-a. 1-yarmiadabiyotiga yorqin romantizm ruxi singa boshladi. V. Kirlovi, G. Aleksandresku, A. Pann, A. Russo kabi yozuvchilar milliy tarix va folklorga alohida eʼtibor berdilar. 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida, ayniqsa, 1-jahon urushidan soʻng hayotni haqqoniy aks ettiruvchi adiblar (Y. Agirbichanu, L. Rebryanu, K. Petresku, J. Kelinesku) ijod qila boshladi. Xususan, M. Sadovyanu asarlarida qad. va yangi davr rumin turmushining turli qirralari oʻz ifodasini topdi. 2-jahon urushidan soʻng, ayniqsa, mamlakat sotsialistik rivojlanish yoʻliga oʻtgach, adabiyotga sotsialistik realizm zoʻrlab tiqishtirildi, natijada adabiy asarlar bir yoqlama, sayoz tus oldi.
Meʼmorligi. Ruminiya hududida frakiylar, skiflar, keltlarning madaniyat yodgorliklari, Qora dengiz boʻylaridagi antik shaharlar (Kallatiya, hoz. Mangaliya; Istriya; Tomi, hoz. Konstansa) qoldiklari, Transilvaniya togʻlarida daklar qalʼalarining xarobalari saqlangan. Transilvaniya oʻrta asrlar madaniyati Markaziy Yevropa mamlakatlari, Valaxiya madaniyati esa VizantiyaSerbiya meʼmorligi bilan birga, moldovan meʼmorligi oʻziga xos tarzda rivojlangan. 14—17a. larda tosh va gʻishtdan uylar, mahobatli minora va darvozali istehkomlar qurilgan. Xalq turar joylari ochiq galereyalar b-n, oʻymakorlik, naqshinkorlik va koshinkorlik usulida qurildi. 16— 18-a. larda barpo etilgan mahobatli inshootlar (KurtyadeArjashdagi yepiskop cherkovi, 1512—17; Buxarestdagi Stavropolis cherkovi, 1724—30; Buxarest yaqinidagi Mogoshoaya saroyi, 1700—02 va b.) ham shunday usullarda bezatildi, hashamdorlikka intilish kuchaydi, 18a. oxiri meʼmorligida klassitsizm urf boʻldi. 19-a. 2-yarmida sanoat va shaharlar rivojlanishi bilan qorishiq meʼmorlik ruhida jamoat binolari (Buxarestdagi Ateneum, Adliya saroyi va b.) va xalq meʼmorligi anʼanalari asosida binolar (Buxarestdagi Bufetul) qurish avj oldi. 20-a. 30-y. larida neoklassitsizm belgilari ustunlik qilgan boʻlsa (Buxarestdagi Respublika saroyi), asrning 2-yarmida industrial usullar joriy etildi, yangi shaharlar barpo qilindi.
Tasviriy sanʼati Egey madaniyatiga yaqin. Neolit davriga mansub guldor sopol idishlar, haykalchalar, 4-a. ga mansub zargarlik buyumlari topilgan. 12-a. dan boshlab Transilvaniya sanʼati Markaziy Yevropa sanʼati bilan hamohang rivojlangan (14—15-a. devoriy rasmlari, dastgoh rangtasviri, 17-a. qabr haykaltaroshligi). 18-a. devoriy rassomligi va haykaltaroshlikda barokko uslubi seziladi. 14 — 18-a. lar amaliy bezak sanʼatida metallga badiiy ishlov berish urf boʻldi. Valaxiya va Moldovaning oʻrta asrlar sanʼati Vizantiya, Serbiya, Bolgariya taʼsirida boʻldi. 16-a. cherkovlari devoriy rasmlar b-n, 17—18-a. larda esa oʻymakorlik bilan bezatildi. 14 — 15-a. larda miniatyura (usta Gavril Urik) va rangtasvir (Kurtyade Arjeshda avliyo Nikolay cherkovidagi rasmlar) paydo boʻddi. 16-a. rangtasvirida dunyoviy rux yuzagakeddi. 17—18-a. lardagi Valaxiya rangtasvirida folklor ruxi (FilipeshtidePedurdagi cherkov rasmlari, 1692 , rassom P. Mutu) ustunlik qiladi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida dunyoviy sanʼat yuksaldi. 20-a. boshlaridagi rassomlar ijodida fovizm, kubizm va ekspressionizm anʼanalari xalqchil milliy ideallar bilan qoʻshiddi (Sh. Lukyan, T. Pakladi, K. Ressu va b.). Siyosiy grafika yuqori darajaga koʻtarildi (N. Tonitsa, A. Jikidi va b.). 20-a. 2-yarmida amaliy bezak sanʼatining har xil turlari — kulolchilik, badiiy oynachilik, kashtachilik rivoj topdi. Bu sohada yangi shakllarni izlashga, qad. anʼanalardan, noyob ifoda vositalaridan foydalanishga qiziqish kuchaydi. Musiqasi. Marosim, mehnat (choʻpon), muhabbat qoʻshikdari, allalar, ballada va doynalar, laparlar oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Xalq cholgʻu asboblari: skripka, kobza, simbala, fluyer, fleyta (nay) va b. Leutar deb atalgan mohir musiqachilar folklorni ommalashtirishda katta ish qiddilar. Ruminiya davlati yuzaga kelishi bilan (1862) professional rumin musiqasi rivoj topdi. A. Flextenmaxer, E. Kaudella, Ch. Porumbesku, J. Shtefenesku, K. Dimitresku, G. Dima, G. Muzichesku dastlabki milliy sahna, xor qoʻshiklarini ijod qiddilar. 20-a. 1-yarmida bu maktab gʻoyat ravnaq topdi. Kompozitorlik maktabi asoschisi J. Enesku, shuningdek, M. Jora, S. Dragoy, M. Andriku, P. Konstantinesku kabi isteʼdodli kompozitorlar yetishib chikdi. 1920-y. rumin kompozitorlar jamiyati tuzildi, musiqashunoslik rivojlandi. 20-a. 2-yarmida oratoriya, kantata, operetta, ommaviy qoʻshiq, estrada, teatr va kino musiqasi kabi janrlar yuzaga keldi. Ruminiyada 10 ta musiqa teatri, 20 ta simfonik orkestr, xalq musiqa ansambllari, xor jamoalari, 2 ta konservatoriya bor. M. Basarab, K. Silvestri, M. Bredichanu kabi dirijyorlar, 3. Palli, N. Xerlya, A. Floresku, T. L ukachu kabi xonandalar, Sh. Georgiu, Y. Voyku, Sh. Ruxa kabi sozandalar mashhur.
Teatri qad. oʻyin va marosimlardan boshlangan. Ular orasida «kelushariy» (nikoh marosimi) va «brezaya» (yangi yil marosimi) ayniqsa oʻziga xos. Ruminiyada dastavval maktab teatrlari paydo boʻldi. 1841-y. Yassida teatr binosi qurildi. 1852-y. Buxarestda Katta teatr (1877-y. dan Milliy teatr) ish boshladi. Soʻngra bir qancha shaharlarda turli yoʻnalishdagi teatrlar ochildi. 19—20-a. larda G. Manolesku, A. Romanesku, K. Nottara, A. Prutyanu, keyinchalik ularning izdoshlari A. Demetriade, T. Bulandra va b. realistik anʼanalarni davom ettirdilar. Ular jahon mumtoz dramaturgiyasi asarlarini va mahalliy mualliflarning pyesalarini sahnalashtirdilar. Eng mashhur aktyorlari: R. Beligan, A. Buzesku, G. VasiliuBirlik, K. Antoniu, M. Bachu, D. Kocha, rej. lari: M. Gelerter, L. Jurjesku, S. Aleksandresku, Y. Pola, L. Chuley va b.
Kinosi. Filmlar 1897-y. dan suratga olina boshlagan. 1911-y. birinchi film — «Peshonaga yozilgan muhabbat» ishlab chiqarildi. 1950-y. «Vodiy jarangi», 1952-y. «Mitrya Kokor» filmlari yaratildi. 20-a. ning 2-yarmida «Tashnalik», (rej. M. Dregan), «Dunay toʻlqinlari» (rej. L. Chuley), «Panjarasiz osmon» (rej. F. Muntyanu), «Hokimiyat va haqiqat», «Fitna» (rej. M. Markus), «Devor» (rej. K. Vayeni), «Lahza» (rej. Vitanidis) kabi falsafiy, axloqiy filmlar yaratildi. Y. PopeskuGoponing multfilmlari jahonga mashhur. Tanikli aktyorlari — R. Beligan, M. Pogonat, M. Barbu, I. Petresku va b. 1963-y. kino xodimlari jamiyati tuzilgan. Kino mutaxassislari Y. L. Karajale nomidagi teatr va kino sanʼati in-tida tayyorlanadi.
Oʻzbekiston — R. munosabatlari. 1994-y. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ruminiya oʻrtasida «Savdo iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida» imzolangan bitim va OʻzR Prezidenti I. Karimovning 1996-y. R. ga qilgan rasmiy tashrifi vaqtida imzolangan ikki tomonlama hujjatlar ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy va ilmiytexnikaviy hamkorlik uchun huquqiy asos yaratdi. Oʻzbekiston Ruminiyaga paxta tolasi, gazlama, kalava ip va turli xizmatlar eksport kiladi. Ruminiya esa plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar, moy va oʻsimlik yogʻi, doridarmonlar yuboradi. Endilikda mamlakatlarimiz oʻrtasida paxtani qayta ishlash, toʻqimachilik, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, q. x. xom ashyosini qayta ishlash, neft va gaz sanoati sohalarida hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. OʻzR Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Ruminiyaning bir qancha yetakchi banklari bilan sheriklik munosabatlari oʻrnatgan. «Oʻzbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi uskunalar yetkazib berish haqida Ruminiya kompaniyalari b-n bitimlar tuzgan. Ruminiya sarmoyasi ishtirokidagi spirtli ichimliklar ishlab chiqaradigan «Afsar Kompani» qoʻshma korxonasi barpo etilgan. Oʻzbekiston — P. hukumatlararo iqgisodiy kengashi samarali faoliyat koʻrsatmoqda. 2002-y. yakuniga koʻra, ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar aylanmasi 5,4 mln. AQSH dollarini tashkil qildi. Har ikki davlatning TRASEKA transport yoʻlagini barpo etish dasturi doirasidagi hamkorligi muhimdir. R. Prezidenti Ion Iliyeskuning 2003-y. apr. da Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida turizm sohasida hamkorlik qilish haqida hamda ikkala mamlakatning diplomatik va xizmat pasportlari boʻlgan fuqarolariga vizalarni bekor qilish toʻgʻrisida konsullik konvensiyasi kabi yangi hujjatlar imzolandi. OʻzR bilan Ruminiya BMT, Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, NATO kabi tashkilotlar doirasida xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik, qurolyarogʻ va narkotik moddalar kontrabandasi, milliy, mintaqaviy xavfsizlikka taxlika soladigan boshqa xavfxatarlarga qarshi birgalikda kurashish haqida kelishib olgan.