RUKNIDDIN GʻURSANCHTI

RUKNIDDIN GʻURSANCHTI (taxm. 1206—1222) — Muhammad Xorazmshohning oʻgʻli. Otasi unga Iroq viloyatini boshqarishni topshirgan. Xorazmshoh Muhammad Gʻur viloyati bosib olinganligi sharafiga unga «Gʻursanchti» nomini bergan. U husnixat sohibi boʻlib, oʻsmirlik chogʻidayoq Qurʼoni karimni oʻz qoʻli bilan qayta koʻchirgan. Rukniddin Gʻursanchti oliyhimmat, adolatli boʻlgan. Moʻgʻullar istilosi davrida P. F. Subutoy bahodir va Jebe noʻyon qoʻshinlaridan qochayotgan otasiga yordam berish uchun 30 minglik qoʻshin bilan Farrozin qalʼasi yaqinida peshvoz chiqqan, soʻngra uni Qorun, Sarjahon qalʼalarigacha kuzatib borgan. Rukniddin Gʻursanchti Isfahon noibi Jamoliddin Muhammad ibn OyOba isyonini bostirish bilan band boʻlib turganida unga qarshi moʻgʻullar qoʻshini kelayotganidan xabar topgan. R. Gʻ. Ustunavand qalʼasiga oʻrnashib olgan. Moʻgʻullar qalʼani qamal qilib egallashgan va Rukniddin Gʻursanchtini qatl etishgan.

Ad.: Shixabad-Din Muxammad anNasavi, Jizneopisaniye Sultana Djalal adDina Mankburnы, Baku, 1973; Anushtagin xorazmshohlar davlati (1097 — 1131), T., 1998.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x