Ruh va tana haqida 18+

DO`STLARGA ULASHING:

“Insonlarning eng katta xatosi inson qalbini emas, uning tanasini davolashga uringanliklaridadir. Aslida qalb va tana bir butunlikni tashkil etib, ularni bir-biridan ayri tasavvur etib bo‘lmaydi”.
Platon

Har bir insoniy mavjudotning «jismoniy yaratilishga tegishli bo‘lmagan» ajralmas mohiyati — bu idrokli va boqiy ruhdir. Ruh va tana orasidagi bog‘liqlik borasida, Ҳазрати Баҳоуллоҳ quyoshni metafora sifatida keltiradilar. «Inson ruhi bu, quyosh, undan vujud nurlanadi va tiriklik quvvatini oladi — uni shu tariqa anglamoq lozim».

Tibbiyotning eng qadimiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan psixosomatika buni insonning ruhiy holati bilan bog‘laydi. Psixosomatika (yunoncha «psixo» ─ ruh, «soma» ─ tana so‘zlaridan tarkib topgan) kasalliklarning paydo bo‘lishi va rivojlanishida ruhiy omillarning ta’sirini o‘rganuvchi fan hisoblanadi. Mazkur nazariyaga ko‘ra, organizmda xastalik vujudga kelishiga jismoniy o‘zgarishlar bilan bir qatorda ruhiy buzilishlar ham sabab bo‘ladi. Agar xastalik dori va boshqa muolajalar natijasida ham barham topmasa, demak, muammoning yechimini ruhiyatdan qidirish lozim.

Diqqinafas (astma) ─ o‘zini himoyasiz sezish, negativ hissiyotlardan qutula olmaslik; ateroskleroz (qon tomirlarining mo‘rtlashuvi) ─ oqimga qarshi suzish hissining kuchliligi, hayotdagi tabiiy jarayonlarni qabul qila olmaslik;

Bepushtlik ─ ichki «men» ning me’yoridan ortiq kuchliligi, mas’uliyatdan qochish; uyqusizlik ─ kimningdir oldida aybdorlik hissini tuyish, qo‘rquv; Parkinson (mushaklarning qaltirashi) ─ hamma narsani doimiy nazoratda ushlab turishga intilish va buning uddasidan chiqa olmayotganidan achchiqlanish;

Meteorizm (ichaklarda gaz to‘planishi) ─ o‘zini to‘laligicha namoyish etishdan qo‘rqish, amalga oshmagan orzular;

Nafas yo‘li kasalliklari (gaymorit, bronxit) ─ oiladagi muhitning nomaqbulligi, doimiy janjallar; varikoz (oyoq qon tomirlarining kengayishi) ─ o‘ziga ma’qul bo‘lmagan muhitda yashash, ishga haddan tashqari ko‘milib olish;

infeksion xastaliklar ─ hayotdan zavqlana olmaslik, doimiy tushkunlik kayfiyati; vitiligo (pes) ─ o‘zi uchun begona muhitda yashash, dunyo meni borimcha qabul qilmayapti, degan qo‘rquv hissining ta’qib etishi;

Surunkali shamollash kasalliklari ─ atrofingizdagi muhit sizning jahlingizni chiqaradi, ko‘p narsani o‘zgartirishni istaysiz, lekin uddasidan chiqa olmayapsiz;

Homila tushishi ─ kelajak oldidagi qo‘rquv;

Oshqozon kasalliklari ─ o‘z hayoti bilan bog‘liq muhim masalalarda bir qarorga kela olmaslik, qat’iyatsizlik, yangilikni qabul qila olmaslik;

Jigar kasalliklari (xususan, gepatit) ─ hayotdagi o‘zgarishlarga qarshilik hissi, qo‘rquv, jahl, nafrat hissining to‘planib qolishi;

Gerpes (uchuq) ─ qoliplarni, qoidalarni buzish istagi, bir xillikdan zerikish; ko‘z kasalliklari ─ o‘zini qurshab turgan muhitdan norozilik hissi, o‘zini va yaqinlarini boricha qabul qila olmaslik;

Bizning ilohiy fazilatlarni aks ettira olishimiz fikrimizni va qalbimiz ko‘zgularini qay darajada tozalay olishimizga bog‘liq; bunga ibodat, muqaddas oyatlar o‘qish va ularni amalda qo‘llash, bilim olish, xulqimizni yaxshilash va muammo-yu, qiyinchiliklar dosh bera olishimiz shuningdek, insoniyatga xizmat qilish orqali erishish mumkin.

Ko‘rish qobiliyatining pasayib ketishi ─ kelajakdan qo‘rquv hissi; eshitish qobiliyatining pasayishi ─ me’yoridan ortiq qaysarlik, tanqidni qabul qila olmaslik, atrofdan o‘zini izolyatsiya qilib olish;

Bosh aylanishi─ keraksiz fikrlarga ortiqcha ahamiyat qaratish, mayda-chuydalarni ham ko‘ngilga yaqin olish;

Bosh og‘rig‘i ─ o‘zidan qoniqmaslik hissi, doimiy ravishda o‘zini taftish qilish, kamchiliklaridan uyalish;

Zamburug‘li kasalliklar ─ o‘tmishdagi noxush xotiralardan qutula olmaslik;

Gripp ─ tashqi olamga qarshi isyon hissining paydo bo‘lishi, norozilik kayfiyati;

Ayollardagi ko‘krak xastaliklari ─ o‘ziga yetarli darajada e’tibor qaratmaslik, o‘z istaklarini oxirgi o‘ringa qo‘yish;

Churra (grija) ─ o‘z qobiliyatlarini yetarlicha namoyon qila olmaslik kayfiyati;

Milk kasalliklari ─ hayotga nisbatan qat’iy munosabatning yo‘qligi, qat’iyatsizlik;

Depressiya (surunkali stress) ─ himoyasizlik, o‘z tuyg‘ularini cheklash;

Salomatligingiz – o‘z qo‘lingizda ekanligini unutmang.

psixolog Gulbahor Yusupova tayyorladi
pmt.uz

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x