RUH

RUH (arab. — jon) — gʻayrimoddiy asosni anglatuvchi tushuncha. Inson va hayvonlar tanasida yashovchi, uyqu va oʻlgan paytda tanani qisman yoki butunlay tark etuvchi oʻziga xos kuch (q. Animizm, Jon). P. tushunchasining talqini tarixan oʻzgarib borgan. Yunon falsafasida Ruh olam asosida yotuvchi pnevma, nus (aql), logos deb tushunilgan. Aristotel «nus»ni tartibsiz materiyani shakllantiruvchi kuch deb bilgan. Oʻrta asr mutafakkirlari Ruhni tabiatdan oldin mavjud boʻlgan va uni yaratuvchi kuch deb hisoblaganlar. Forobiy, Ibn Sino, Gʻazoliy va b. faylasuf, mutafakkirlar Ruhni turlicha talqin qilishgan. Forobiy R. ni bir tanadan ikkinchi tanaga koʻchib yurishini rad etgan. Sharq tabiblari Ruhni «latif bugʻ» deb tushunishgan. Materialistik falsafaga koʻra, Ruh deganda yuqori darajada uyushgan materiyaning mahsuli deb qaraluvchi ong, tafakkur tushuniladi, materiyaga nisbatan ikkilamchi xdooblanadi. Idealistik falsafaga kura, Ruh deganda materiyaga nisbatan birlamchi deb hisoblanadigan va butun borliqning negizini tashkil etgan gʻayrimoddiy asos, iloxiy kuch tushuniladi. I. Kant R. ni goya sifatida, Gegel borliqni dunyoviy Ruhning rivojlanish bosqichlari sifatida karaydi. Ruh idealistik taʼlimotlarda markaziy oʻrin tutib, tushuncha (panlogizm), substansiya (panteizm), shaxs (teizm) sifatida namoyon boʻladi.

Xristianlikda «muqaddas Ruh» — muqaddas uchlikdyat 3shaxs. Diniy tushunchaga kura, Ruh — kishi hayotida u bilan birga, vafotidan keyin esa, tanadan chiqib abadiy qoladigan koʻzga koʻrinmas narsa. Baʼzi ulamolar Ruhni qon, boshqalari nafas deb hisoblaydi. Ayrimlari esa, Ruhni latif va nafis havodan iborat deb, uni moddiy narsalar qatoriga qoʻyadi. Qurʼonga koʻra, Alloh odamzodni yaratmasdan oldinroq qiyomatga qadar keladigan odamlarning Ruh larini paydo qilgan. Islom dinida Ruhning moxiyati haqida bahs yuritish man etiladi. Qurʼonda (alIsro surasi, 85oyat) R. Allohning ilmiga havola etiladigan sir ekani, Ruh toʻgʻrisida odamlar juda oz maʼlumotga ega ekanliklari taʼkidlangan.

Kuchma maʼnoda — insonning ichki holati, histuygʻulari, kayfiyati. Shuningdek, ishharakat, voqea va hodisalarning kechishidagi belgili xususiyatni ham anglatadi. Mas, zamon R. i, qonun R. i, taʼlimot R. i va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x