RUFIJI — Tanzaniyadagi daryo. Nyasa koʻlidan sharqda joylashgan togʻlardan boshlangan Luvegu va Kilombero daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uzunligi Luvegu irmogʻining boshlanish joyidan 1400 km, havzasining mayd. 178 ming km2. Hind okeanining Mafiya dengiziga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 1100 m3/sek. Martdan may oyigacha suvi koʻpayadi. Quyi qismida kema qatnaydi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые