RUDAKOV Grigoriy Mixaylovich

RUDAKOV Grigoriy Mixaylovich (1925.25.9, Qarshi —1991.21.1, Toshkent) — muhandismexanik, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1975), VASXNIL akad. (1972), prof. (1970). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan mexanizator (1964). Toshkent irrigatsiya va q. x. ni mexanizatsiyalash muhandislari in-tini tugatgan (1950). Oʻrta Osiyo q. x. ni mexanizatsiyalash va elektrlashtirish i. t. in-ti lab. rahbari, boʻlim mudiri, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1953—72 va 1975 dan); VASXNIL Oʻrta Osiyo boʻlimi akad. kotibi (1972—75). Ilmiy ishlari yangi q. x. mashinalarini yaratish va joriy qilish, tuproqni ishlash texnologiyasi, oʻgʻit va gerbitsidlarni qoʻllash, paxtachilikda mashinalar sistemasini ishlab chiqish va prognozlash masalalariga bagʻishlangan.

As: Mexanizatsiya xlopkovodstva, M., 1975; Zonalnaya sistema mashin dlya kompleksnoy mexanizatsii rasteniyevodstva v Sredneaziatskom regione, kn. 1—2, T., 1982.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x