RUBRUK, Rubrukvis Billem (1215 va 1220-y. lar orasi — 1293) — flamand sayyohi, rohib. 1253—55 y. larda fransuz qiroli Lyudovik IX tomonidan Moʻgʻulistonga yuborilgan elchilarga rahbarlik qilgan. R. Fransiyadan Falastinga yoʻl olgan, soʻngra Konstantinopol, Krim, Don dashtlari, Oʻrta Osiyo, Markaziy Moʻgʻulistondan oʻtib 1254-y. Koraqurum sh. ga yetib borgan; qaytishda Kavkaz va Kichik Osiyoda boʻlgan. Rubrukning oʻz sayohati haqidagi hisobotida u bosib oʻtgan mamlakatlar tarixi, etn. va geogr. si qaqida qimmatli maʼlumotlar bor.
As: Puteshestviye v Vostochnыye stranы, M., 1957.