RUBL

RUBLRossiya Federatsiyasi pul birligi. 1992-y. dan muomalaga kiritilgan. IP. = 100 kopeyka. Xalqaro ifodasi RUR. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 34,04 Rubl (2004, 20 yanv.).

Rubl 1917-y. dagi Oktyabr toʻntarishiga qadar Rossiya imperiyasi, 1919—91 y. larda sobiq SSSR (shu jumladan, 1924—91 y. larda Oʻzbekiston)da amalda boʻlgan. «Rubl» atamasi 13-a. da Novgorodsa grivna [uz. 20 sm, ogʻirligi 200 g ga yaqin boʻlgan kumush quymasining kesilgan (ruscha «rublennыy»)] yarim boʻlagi nomi tarzida paydo boʻldi. 1704-y. dan boshlab muntazam holda vazni 28 g boʻlgan kumush Rubllar zarb qilina boshlandi, shuningdek, mis va oltin R. lar ham zarb qilinishi davom etdi. 1843-y. dan esa Rubl davlat xazinasining qogʻoz biletlari koʻrinishida chiqarila boshlandi. 1897-y. ga kelib oltin Rubl asosiy pul birligiga aylandi va 1914-y. gacha muomalada boʻldi.

Dastlabki Sovet Rubl 1919-y. da kredit bileti sifatida chiqarilgan. Sobiq Ittifoq davrida Rubl banknotlari butun mamlakat miqyosida yagona pul birligi sifatida toʻliq amal qilgan. Oʻsha davrda R. Oʻzbekiston Respublikasining ham rasmiy pul birligi boʻlgan va uning hududida «soʻm» deb nomlangan. SSSR mustaqil davlatlarga boʻlinib ketganidan soʻng R. Rossiya Federatsiyasining milliy valyutasi sifatida saqlanib qrldi. 2) Belorussiya Respublikasi pul birligi. 1992-y. da muomalaga kiritilgan. IP. = 100 kopeyka. Xalqaro ifodasi — BYR. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 2042 Rubl (2003, may). Ashur Qodirov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x