RUBʼ UL-XOLI, ar-Rubʼ ul-Xoli [(arab. — choraksayxon yer (yarim orolga nisbatan)] — Arabiston ya. o. ning jan. sharqiy qismidagi qumli choʻl. Yarim orolning gʻarbiy, jan. va sharqiy sohillari boʻylab choʻzilgan togʻlar oraligʻidagi tektonik botiqda. Mayd. 650 ming km2 (Yer yuzidagi eng yirik choʻllardan biri). Yer yuzasi tekis, balandligi sharqiy qismida 100 — 200 m, gʻarbida 500—1000 m. Hududining 80% koʻchma qum barxanlari, joʻyak va uyumlardan iborat. Sharqida keng shoʻrxoklar, qum maydonlari oraligʻida toshloqlar bor. Yillik yogʻin 50 mm dan kam, bir necha yillar umuman yogʻmasligi mumkin. Doimiy oqar suvi yoʻq, grunt suvi juda chuqur. Oʻsimliklar (yantoq, shoʻra va b.) pastqam joylarda oʻsadi. Aholisi, asosan, koʻchmanchi arablar. Tuya boqiladi. Choʻlning chekkalarida ahyonahyonda vohalar uchraydi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые