ROʻZI QODIRIY

ROʻZI QODIRIY (taxallusi; asl ism-sharifi Roʻziyev Roʻzi) (1925.6.6, Qashqar — 2001.11.8, Toshkent) — uygʻur shoiri va adabiyotshunosi. Qashqar sh. dagi gimnaziyada (1942—45), keyin Urimchi sh. dagi milliy intda (1945—47) oʻqigan. Sovet fuqaroligini olib, Gʻuljada oʻqishni davom ettirgan (1947 — 49). «Janubiy Tyanshan» gaz. da boʻlim mudiri, Jan. SinSzyan adabiyot va sanʼat xodimlari uyushmasining masʼul kotibi, Jan. SinSzyandagi sovet fuqarolarining «Bizning yoʻl» gaz. muharriri boʻlib ishlagan (1950—55). 1955-y. da Oʻzbekistonga kelib, Toshkent un-tini tugatgach (1961), Til va adabiyot in-tida ilmiy xodim (1985-y. dan). «Dahshatli izlar», «Lola va Qurbon» (1948—49) dostonlari, «Zulmat va tong», «Kurash va oʻch», «Aminaxonimning uyasi» (1950—55) dramalari bor. R. Q. Oʻzbekistonga koʻchib kelganidan keyin uygʻur tilida «Uchqun» (1956), «Uygʻur ertaklari» (1956), oʻzbek tilida esa «Kurash ilhomlari» (1959), «Uygʻur qoʻshiqlari» (1960), «Bahodir oʻgʻlon» (1962), «Qashqar qoʻshigʻi» (1965), «Qutlugʻ diyor» (1969), «Xiva gullari» (1972), «Gʻururim» (1978), «Hurriyat sabolari» (2001) singari sheʼriy toʻplamlarni eʼlon qilgan.

Ac: Uygʻur realistik adabiyotining rivojlanishi, T., 1979.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x