ROZMARIN

ROZMARIN (Rosmarinus) — labguldoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi, efir moyli ekin. Oʻrta dengiz havzasida 1—3 turi usadi. Doim yashil buta. Boʻyi 1,5—2 m cha. Bargi va toʻpgulidan efir moyi olinadigan d o rivor P. (R. offi cinalis), asosan, Yevropa mamlakatlarida, shuningdek, Qrim va Kavkazda oʻstiriladi. Qalamchasidan, kamdankam urugʻidan koʻpaytiriladi. 2—3 yillik koʻchatlari ekiladi. Ekilgandan keyin 2—3yildan boshlab bargi va toʻpguli yigʻib olinadi. Hosildorligi 40—120 s/ga. Bargi va toʻpguli tarkibida parfyumeriya va tibbiyotda ishlatiladigan 1,5 — 2,5% (quruq moddaga nisbatan) efir moyi, 0,5% gacha rozmaritsin va b. alkaloidlar, ursol va rozmarin kislotalari bor. Butalari 7 — 9 y. da yoshartiriladi. Rozmarin 2 0—25 y. hosil beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x