ROZIY

ROZIY (toʻliq nomi Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo arRoziy) (865.28.8 — Ray — 925.26.10) — sharqning qomusiy olimi, tabib va mutafakkir. Oʻrta asr Yevropasida lotincha Razes nomi b-n tanilib, tabobat sohasida oʻz davrining Jolinus (Galen)i deb sanalgan. Shuningdek, kimyo, botanika, mat., astronomiya, mantiq va falsafa kabi fanlarni chuqur oʻrgangan; adabiyot va musiqa bilan ham shugʻullangan. Roziy bir qancha vaqt Ray va Bagʻdod shifoxonalarini boshqargan. U Oʻrta Osiyo, jumladan, Buxoro ilm axllari bilan ilmiy muloqotda boʻlgan. Koʻz kasalligiga uchrab, umrining oxirida koʻr boʻlib qolgan.

Roziyning tabobatga oid asarlaridan 36 tasi bizgacha yetib kelgan. U terapiya, xirurgiya, diagnostika, sanitariya-gigiyena, farmakognoziya, farmakologiya, anatomiya, psixologiya kabi ilmlarni yangi gʻoya va ixtirolar bilan boyitgan. Tabobat b-n bogʻliq boʻlgan botanika, mineralogiya va kimyo fan i sohasida qam ancha muvaffaqiyatlarga erishgan. Roziyning eng muhim asarlaridan biri «Kitob alhoviy fittib» («Tibbiyotga oid bilimlar majmuasi») nomli toʻplamidir. Unda antik davrdan to Roziy zamonasigacha boʻlgan nazariy va amaliy maʼlumotlar berilgan (asarning ayrim qismlari Rossiya FA sharqshunoslik in-ti Sankt-Peterburg qoʻlyozmalar fondida, Myunxen, London, Oksford, Kembrij, Eskurial (Ispaniya), Istanbul va Tehron kutubxonalarida saqlanmokda). Roziyning tabobatga oid yana bir yirik asari — «al-Kunnosh alMansuriy» («Mansurga bagʻishlangan toʻplam») dir. Bu ham juda koʻp nazariy va amaliy masalalarni oʻz ichiga olgan (qoʻlyozma nusxalari Rossiya FA sharqshunoslik intining Sankt-Peterburg fondida, shuningdek, Parij va Tehron kutubxonalarida saqlanmokda). Asar 16-a. gacha Sharq tabiblari va Yevropa shifokorlarining asosiy qoʻllanmalaridan biri boʻlib, unga koʻp sharxlar yozilgan. Roziy «Kitob aljudariy valhasba» («Chechak va qizamiq haqida kitob») asarida tibbiyot tarixida birinchi boʻlib, chechak va qizamiq kasalliklarining boshqa yuqumli kasalliklardan farqi va tarifi berilgan; R. chechak bilan bir marta kasal boʻlgan kishi ikkinchi marta bu kasallikka duchor boʻlmasligini aniqlagan va chechakka qarshi emlash kerak degan fikrga kelib, uni amalga oshirgan. Roziy oʻz davri tabobatini diagnostika va davolashning yangi usullari bilan boyitdi; jarroxlikda birinchi boʻlib ketgut (qoʻy ichagidan tayyorlangan ip) ishlatdi.

Roziy mashhur kimyogar boʻlib, kimyo faniga oid 26 ta asar yozgan, birok, bizgacha ularning 4 tasigina yetib kelgan. Bular orasida «Kitob ulasror» («Sirlar kitobi») va «Kitob sirr ilasror» («Sirlar siri kitobi») asarlari alohida oʻrin tutadi; «Kitob ulasror»da oʻrta asr Sharq kimyosi oʻzining toʻla ifodasini topgan. Roziyning bu asarlari uning nazariy jihatdan bir metallni ikkinchi metallga kimyoviy yoʻl bilan aylantirish mumkinligiga ishonganini koʻrsatadi (q. Alkimyo). Garchi amaliy jihatdan uning nazariyasi utopik boʻlsada, oltin va kumush hosil qilish yoʻlidagi urinishlari tufayli Roziy qozirgi kimyoni bir qancha yangi moddalar, asboblar va kimyoviy amallar b-n boyitdi.

Roziyning tibbiyot va kimyo sohalariga oid asarlari oʻrta asrlarda Sharq va Gʻarbda shu sohalarning rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatgan.

Falsafiyijtimoiy qarashlari. Roziy oʻrtaasrYaqin vaOʻrta Sharq xalqdari falsafasida mavjud boʻlgan taʼlimotlarning birortasiga bogʻliq boʻlmagan holda borliq va uning mohiyati haqida oʻz mustaqil taʼlimotini yaratdi. Uningcha, borliq — yagona bir-biriga boʻysunmagan 5 mustaqil boshlangʻich mohiyat (yaratuvchi, jon, vaqt, makon, materiya)dan vujudga kelgan. Bularning har biri borliqning vujudga kelishi va mavjud boʻlib qolishida «zaroʻriy vujud»lardir. Roziy materiya, makon, zamonni yaratuvchi va jon b-n bir xil zaruriy mohiyat deb hisoblab, moddiylikni ilohiylikka, ilohiylikni moddiylikka boʻysundirmadi. U oʻz davrining yirik tabiatshunosi sifatida moddiy olam hodisalari va jarayonlarini materiya va uning xususiyatlari bilan izoxdashga harakat qildi, oʻz naturfalsafiy qarashlarida maʼlum darajada ilmiy nuqtayi nazarga yaqinlashdi. Oʻrta asr falsafasi uchun erishgan eng katta yutuqlaridan biri — R. ning narsalar moddiy atom zarralardan tuzilgani haqidagi taʼlimotidir. U Demokrit va Epikur atomistik taʼlimotini urta asrlarda birinchi marta qayta tikladi. Uningcha, materiya dastlab «boʻlinmas zarralar (atom) holatida boʻladi», ular «ogʻirlik va tanaga ega», «moddiy zarralarning boʻshliq zarralari bilan qoʻshilishi» natijasida 4 unsur: tuproq, suv, xavo va olov paydo boʻladi. Atomlarning moddiyligi, abadiyligi va obyektivligi tufayli ulardan vujudga kelgan moddiy olam ham obyektiv va abadiydir. Roziy zarralarning oʻz-oʻzidan harakati masalasini tushunmadi va muayyan narsalarning vujudga kelish jarayoni asosida materiya yotsa ham, bu jarayon jonning materiyaga intilishi va u bilan birikishi tufayli yuz berishi haqidagi dualistik nuqtayi nazarda turadi.

Roziy makon va zamonni ham substansiya deb tushunadi, bu bilan ularni materiyadan va bir-biridan ajratadi. Roziyning bundan maqsadi ularning obyektivligini taʼkidlashdir. Roziy bilish nazariyasida moddiy olam hodisalarining inson sezgi aʼzolariga taʼsir etib unda aks etishi, tashqi olam bilish obyekta, inson esa bilish subyekti ekanini taʼkidlaydi: «Sezgi — seziluvchi narsalarning sezuvchiga taʼsiri». R. bilishning eng kuchli quroli sifatida aklga yuqori baho beradi. Uningcha, insonning ijodiy faoliyati fakat aql tufaylidir. «Akl bizni olijanoblikka yetaklaydi, hayotimizni goʻzallashtiradi, maqsadlarimizga yetkazadi». R. ning axloqqa oid 3 asari «Kitob tibb arruhoniy» («Ruhiy tabobat»), «Kitob siyrat alfalsafiya» («Falsafiy hayot tarzi»), «Maqola fi amorot iliqbol vaddavla» («Davlatmandlik va baxtiqbol haqida») bizgacha yetib kelgan. R. Suqrotni axloq sohasida oʻzining va barcha faylasuflarning ustozi deb hisoblaydi. Roziy ratsional (aqliy) gedonizm tarafdori boʻlib, dunyo nozneʼmatlaridan aqlga muvofiq va meʼyor bilan lazzatlanishni yoqlaydi. Oʻrta asr manbalarida Roziy dinning ayrim aqida va tamoyillariga salbiy munosabatda boʻlgani hamda paygʻambarlik haqida aqidaga zid boʻlgan asar yozgani taʼkidlanadi. Lekin, uning tabiiyilmiy merosi va falsafiy qarashlari Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari maʼnaviy merosida muhim ahamiyatga ega boʻlgan.

Roziyning ilmiy merosini birinchi marta oʻrgangan olim Abu Rayhon Beruniydir. Beruniy R. ning tarjimayi holi, dunyoqarashi va asarlarini tadqiq etib, «Fehrist kugub Muhammad ibn Zakariyo arRoziy» («Muhammad ibn Zakariyo arRoziy kitoblarining roʻyxati») asarini yozgan. Roziyning asosiy asarlari oʻrta asrlardayoq Gʻarbiy Yevropada mashxur boʻlgan, baʼzilari lotin va b. Yevropa tillariga tarjima qilinib, keng oʻrganilgan. Keyingi davr olimlarining, jumladan, oʻzbekistonlik olimlarning tadqiqotlarida Roziy asarlarining ilmiy jamoatchilikka maʼlum boʻlmagan qoʻlyozma nusxalari va ularning tarjimalari aniqlanmoqda, ayrim asarlari nashr etilmoqda.

Ad.: Karimov U. I., Neizvestnoye sochineniye arRazi «Kniga taynы tayn», T., 1957; Kadыrov A. A., Saipov U. T., Abu Bakr Razi, T., 1963; Usmanov M. A., Zakariyya arRazi, v knige «Iz filosofskogo naslediya narodov Vostoka», T., 1972; Abu Bakr Roziy va uning shogirdi yozib qoldirgan kasalliklar tarixi, T., 1974; Karimov S. U., IX—XI asrlarda kimyo va dorishunoslik fanlari taraqqiyotida Markaziy Osiyo olimlarining oʻrni, T., 2002.

Surayyo Karimova, Mirjalol Usmonov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x