Post Views:
2
ROZIQBOY – Beshyog‘och dahasidagi qadimgi mahalla. Teshaboy, Badalboy, Arpapoya mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Taxminan 80 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, qo‘ychilik, hunarmandchilik, baqqollik bilan shug‘ullangan. Maktab, masjid, baqqollik do‘konlari bo‘lgan (20-asr boshlari). Hozirgi hududida Olmazor dahasining turar joy binolari qurilgan.
«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil
https://shosh.uz/uz/roziqboy-mahallasi-2/