ROZEN Viktor Romanovich [1849. 21.2(5.3), Tallin — 1908.10 (23) 1, Peterburg] — rus sharqshunosi, arabshunos. Rossiyada ilmiy sharqshunoslikning yangi maktabi asoschilaridan. Peterburg FA akad. (1890). Peterburg un-ti shark, tillari f-tini tugatgan (1870). 1872-y. dan shu ftda privatdotsent, keyinchalik prof. (1893—1902-y. lardan dekan). 1885-y. dan Rus arxeologiya jamiyatining sharq boʻlimiga boshchilik qilgan. «Zapiski vostochnogo otdeleniya Russkogo arxeologicheskogo obщyestvo» («Rus arxeologiya jamiyati sharq boʻlimining axborotnomasi») jur. ga asos solgan (1896).
Rozen arab mamlakatlari xalqlarining maʼnaviy madaniyatini (badiiy va ilmiy adabiyotlarni) tadqiq qilishda mamlakatlarning siyosiy tarixiga ham eʼtibor bergan; tarixiy manbalarni tadqiq etish va tanqidiy matnlarni tayyorlashda hoz. zamon usullarini joriy etgan. Asosan, arab sheʼriyati, shuningdek, Sharkdagi musulmon va xristianlarning tarixi va madaniyati tarixiga oid asarlar yozgan. Rozenning bir necha yirik asarlari arab va fors qoʻlyozmalarini oʻrganishga va tavsiflashga bagʻishlangan.
Ad.: Pamyati akademika V. R. Rozena, M. — L., 1947; Krachkovskiy I. Yu., Soch., t. 5, M. L., 1958.