ROVNO — Ukrainaning Rovno viloyatidati shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1939-y. dan). Ustye daryosi (Pripyat havzasi) boʻyida. T. y. va shosse yoʻllar tuguni. Aeroport bor. Aholisi 245 ming kishi (1997). Shahar 1282-y. dan maʼlum. 14-a. ning 2-yarmidan Litva va Polsha, 1793-y. dan Rossiya imperiyasi, 1921—39 y. larda Polsha tarkibida. 1939-y. da Gʻarbiy Ukraina tarkibida USSR bilan birlashtirildi. 1941—44 y. lar nemis fashistlari qoʻlida, 1944-y. 2 fev. da ozod etildi. Rovno kustar tipidagi korxonalari boʻlgan uyezd shahardan Ukrainaning sanoat markazlaridan biriga aylandi. Mashinasozlik va metallsozlik (yuqori voltli elektron apparatura, traktor ehtiyot qismlari, stanoklar va b.), kimyo («Azot» i. ch. birlashmasi), yengil (zigʻir tola k-ti, tikuvchilik fkasi), oziq-ovqat (sabzavot quritishkonserva, goʻsht ktlari, sut zdi) sanoatlari korxonalari bor. Mebel, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Pedagogika, suv xoʻjaligi muhandislari intlari, Kiyev Madaniyat in-tining madaniyatmaʼrifat f-ti, 2 teatr (shu jumladan, musiqali drama teatri), filarmoniya, 2 muzey (shu jumladan, tarixoʻlkashunoslik muzeyi) bor.
Uspeniye cherkovi (1756), klassitsizm uslubidagi gimnaziya binosi (1839) kabi meʼmoriy yodgorliklar, fashizm qurbonlari xotirasiga bagishlangan yodgorlik (1968), Jangovar shonshuhrat memoriali (1975) mavjud.