DO`STLARGA ULASHING:
Smartfondan Wi-Fi repiter (routerning qamrov maydonini kengaytirish) sifatida foydalanish mumkinmi?
Ba’zida xonadoningizda internetni Wi-Fi orqali tarqatuvchi router qurilmasining qamrov maydoni kuchli bo‘lmasligi va unga ulangan qurilmalarga yetarlicha signal yetib bormasligi mumkin. (Eslatib o‘taman, Wi-Fi 5 GGs chastotasida ishlaydigan routerlar 2.4 GGs ga nisbatan past qamrov maydoniga ega).
Bunday holda, Wi-Fi router qamrov maydonini kengaytirib, radiosignalni to‘liq takrorlaydigan qurilma repiter (repeat inglizcha — takrorlagich) kerak bo‘ladi. Ammo avval bunday qurilmani sotib olishingiz kerak. Agar qo‘lingizda ko‘prikni tashkil qilish uchun repiter yoki boshqa router bo‘lmasa, ushbu vazifani bajarish uchun smartfoningizdan foydalanishingiz mumkin (ba’zi smartfonlarning o‘zida Wi-Fi repiter imkoniyati mavjud).
NetShare — no-root-tethering (https://play.google.com/store/apps/details?id=kha.prog.mikrotik)ilovasi — WiFi Direct va VPN texnologiyasi yordamida smartfoningizda Wi-Fi repiter imkoniyatini yaratib beradi (+trafikni smartfondan tarqatish cheklovini olib tashlaydi).
Agarda boshqa Android qurilmangizda Wi-Fi dan foydalanmoqchi bo‘lsangiz:
1. Ikkalasida ham Netshare ilovasini o‘rnating
2. Wi-Fi ulangan birinchi qurilmada Netshare ilovasini oching.
3. «Podelitsya internet-soyedineniyem» (Share internet connection) yonidagi katakchani belgilang. Bu sizga guruh nomi (SSID) va parolni beradi.
4. Ikkinchi qurilmada Netshare ilovasini ishga tushiring va yuqorida berilgan nom/parol bilan ulaning.
5. VPN orqali ulanish xabarini tasdiqlang.
6. Tayyor.
Agar Wi-Fi dan kompyuter/noutbukda foydalanmoqchi bo‘lsangiz:
Yuqoridagi ko‘rsatmalarga amal qiling, faqat Netshare dasturini kompyuteringizga o‘rnatish shart bo‘lmaydi.
Kompyuterda — Parametri> Set i Internet> Proksi-server> Nastroyka proksi vruchnuyu>Ispolzovat proksi-server bo‘limida: : Adres: 192.168.49.1, Port: 8282 ko‘rinishida to‘ldiring.
Google Play Marketda ushbu vazifani bajaruvchi boshqa ilovalar ham mavjud, wifi repeater (https://play.google.com/store/search?q=wifi%20repeater&c=apps) kalit so‘zi bilan topiladi.
Savol: Qaysi smartfonlarning o‘zida Wi-Fi repiter funksiyasi mavjud?