ROTTERDAM

ROTTERDAM (gollandcha — Rott daryosiga qurilgan koʻprik) — Niderlandiyaning gʻarbiy qismidagi shahar, Reyn daryosi deltasining shim. da. Kanal orkali Shim. dengiz bilan bogʻlangan. Aholisi 595 ming kishi, shahar atrofi bilan 1,07 mln. kishi (2000). Gʻarbiy Yevropaning eng yirik porti.

Transport yoʻllarining yirik tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim savdo-sanoat markazi. Sanoati chetdan keltiriladigan xom ashyoga asosan ishlaydi. GFRva Belgiyaning yirik korxonalariga Rotterdamdan neft quvurlari oʻtgan. Yirik neftni qayta ishlash va neft kimyosi korxonalari ishlab turibdi. Turli mashinasozlik (kemasozlik va avtomobilsozlik, elektrotexnika va b.), kimyo, yengil, oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. Metropoliten kurilgan. Unt, Sanʼat akademiyasi, kemasozlik va navigatsiya inti, tarix, dengiz va etnologiya muzeylari bor. Shahar 13-a. dan maʼlum. Meʼmoriy yodgorliklardan gotika cherkovi (15-a.) va b. cherkovlar, tegirmonlar (17—18-a. lar) saqlangan. Rotterdamda milliy va xalqaro savdo operatsiyalari bajariladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x