ROTOR

ROTOR (lot. rotare — aylantirmoq) — 1) turbina, kompressor, gidronasos yoki gidromotorning aylanuvchi qismi. Ish jismidan energiya hosil qiluvchi yoki energiyani ish jismiga beruvchi organlar Rotorga joylashtiriladi;

2) elektr mashinalarining aylanuvchi qismi. Odatda, stator ichiga joylashtiriladi. Rotorga oʻralgan chulgʻam maydoni stator chulgʻamining magnit maydoni bilan taʼsirlashib, elektr yurituvchi kuch hosil qiladi;

3) kemaga oʻrnatiladigan va kichik dvigatel bilan harakatlantiriladigan aylanuvchi vertikal truba (minora); R. yordamida kemani yurgizishda shamol kuchidan foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x