ROST

ROST — Oʻn ikki maqom, Shashmaqom va Xorazm maqomlaridan biri. Oʻrta asr musiqa risolalarida koʻp kuy va ashulalar Rost tovushqatoriga mos kelgani uchun shu nom bilan atalganligi qayd etilgan. Rost maqomi miksolidiy gammaga toʻgʻri keladi. Shashmaqomda Rostning cholgʻu qismlari Tasnifi Rost, Garduni Rost, Muxammasi Rost, Muxammasi Ushshoq, Muxammasi Panjgoh, Saqili Islimxon, Saqili rakraklardan iborat. Ashula boʻlimida 2 guruh shoʻbalar boʻlib, birinchisiga Saraxbori P., Talqini Ushshoq, Nasri Ushshoq, Navroʻzi Sabo, ularning taronalari va Ufari Ushshoq hamda suporish qismlari kiradi. 2 guruh shoʻbalari Savti Ushshoq, Savti Sabo va Savti kalon deb atalib, har birida 5 ta shoxobcha turkum tarzida ijro etiladi. Rost maqomi shoʻbalari avjida Ushshoq, Segoh, Uzzol, Muhayyari Chorgoh namudlari va Zebo pari avji ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x