ROSS (Ross) Ronald (1857.13.5, Almora, Hindiston — 1932.16.9, London) — angliyalik parazitolog, mikrobiolog va vrach. London Qirollik jamiyati aʼzosi. Londondagi tibbiyot maktabini tugatgan (1879). 188199-y. larda Hindistonda ishlagan. Bezgak chivinini oʻrganish boʻyicha Gʻarbiy Afrikaga uyushtirilgan ingliz tibbiyot ekspeditsiyasi rahbari (1899), 1926-y. dan tropik kasalliklar in-ti direktori. Bezgaknp anofeles urugʻiga mansub chivinlar tarkatishini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1902).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые