ROMUSHTEPA

ROMUSHTEPA — qad. shahar xarobasi (mil. av. 4 — mil. 4-a. lar). Buxoro viloyati Jondor tumanida joylashgan. Oʻzbekiston FA Arxeologiya in-tining Romushtepa Sulaymonov boshchiligidagi Zarafshon arxeologik otryadi tomonidan oʻrganilgan (1973). Romush sh. ning nomi oʻrta asr tarixchilari Nishopuriy, Narshaxiy va Beruniy asarlarida tilga olingan. Romushtepa 3 ta tepadan iborat boʻlib, markaziy baland qismi «Shayxi kalon», unga gʻarb tomondan tutashgan 2tepa «Guli sang», 3si esa, «Xoʻja Romush» deb ataladi. Arxeologik izlanishlar faqat «Guli sang»da olib borilgan. Koʻplab sopol buyumlar chiqqan, yodgorlikning stratigrafik davri aniqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x