ROMITAN

ROMITANBuxoro viloyati Romitan tumaniyaagi shahar (1981-y. dan), tumanning maʼmuriy markazi. Yaqin t. y. stansiyasi—Kogon (30 km). Viloyat markazi (Buxoro)dan 17 km. Aholisi 15 ming kishi (2003), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, tatar, rus va b. ham yashaydi. R. Oʻzbekistonning qad. shaharlaridan biri. Romitan nomi mahalliy rivoyatga koʻra, «Romitan» — «Tan oromi» dan deyiladi. «Romitan» atamasi turkiy mitan urugʻi nomidan kelib chikdan degan taxminlar ham mavjud.

Narshaxiy yozishicha, Romitan katta bir koʻhandizga ega va mustahkam bir qishloq boʻlib, Buxorodan qadimiyroqdir. Baʼzi manbalarda bu qishloqni Buxoro deb ataganlar. Romitanda qadimda hukmdorlar turar joylari boʻlgan. Buxoro sh. vujudga kelgandan soʻng ular Romitanda faqatgina qish faslida yashaganlar.

Arab sarkardasi Ubaydulloh ibn Ziyod qoʻshini 674-y. da Romitanga bosqin uyushtirgan. Buxoroliklarning arab qoʻshini b-n boʻlgan hal qiluvchi jangi Romitan yaqinida Vardonze hududida boʻlib oʻtgan. Tabariyning yozishicha, 707-y. da Kutayba Romitanni bosib olgan. Xuroson voliysi Abu Muslim Buxoroga har gal kelganida oʻz qarorgohini Romitanda joylashtirgan. Arab geograf va sayyoxdari 10-a. da Buxoro vohasidagi 30 ga yaqin shaharlar qatorida Romitan nomini ham tilga olishgan.

Mahmud ibn Banuwmx: «Bahr alasror» (17-a.) asarida yozishicha, R. Buxoro viloyatidagi 10 ta tumanning biri, oʻrta asrlarda «Samjon» (R. tumanining 2nomi) deb atalgan.

R. Toshkent—Samarqand—Urganch, Toshkent—Nukus avtomagistral yoʻli yoqasida joylashgan. Aholisi va xoʻjaliklari Amu — Buxoro mashina kanalidan suv oladi. Shaharda gʻisht va paxta tozalash zdlari, toʻquvchilik fkasi, bosmaxona, dehqon bozori, novvoyxona, mehmonxona, aloqa boʻlimi, bank, madaniy savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Umumiy taʼlim maktablari, q. x. kasbhunar kolleji, madaniyat saroyi, kutubxona, stadion, «Gʻalaba» madaniyat va istirohat bogʻi, kasalxona va dorixonalar mavjud. «Nomaʼlum askar» yodgorligi qurilgan.

Romitanda meʼmoriy yodgorliklardan Mulla Mir Hakim xonaqosi, Xoja Ali Romitaniy (Xojai Azizon) va Xoja Muhammad Boboyi Samosiy maqbaralari (13—14-a. lar), Zarafshon daryosi ustida qurilgan Choriqulboy koʻprigi saqlangan. Hazrati Xoja Ubbon va Xoja Zaʼfaron qadamjo (ziyoratgoh)lari bor.

Ad.: Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966; Istoriya atTabari, T., 1987; Maxmud ibn Vali More tayn, T., 1977; Naselyonnыye punktы Buxarskogo emirata, T.,2001.

5 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x