ROMANOVSKIY Vsevolod Ivanovich

ROMANOVSKIY Vsevolod Ivanovich (1879.4.12, Olmaota — 1954.6.10, Toshkent) — matematik olim, Oʻzbekiston FA akad. (1943), Peterburg un-tini tugatgan (1906). Varshava un-ti prof. (1911 — 15), RostovDon un-ti prof. (1915— 18), 1918-y. dan umrining oxirigacha Urta Osiyo un-tida prof.

Romanovskiy Toshkent mat. maktabi asoschisi. U ehtimollar nazariyasi va matematik statistikata katta hissa qoʻshgan. Markov zanjirlarini chuqur oʻrganib, umumlashtirgan, bu sohada matritsalar usullarini yaratgan; markaziy limit teoremani koʻp oʻlchovli holga oʻtkazgan. Matematik statistika sohasida Romanovskiy bosh toʻplam empirik xarakteristikalari taqsimot funksiyalariga doir ishlari bilan mashqur. Romanovskiy oʻz ishlarida statistik nazorat, statistika usullarini xalq xoʻjaligida qoʻllashga alohida eʼtibor bergan. Oʻzbekistonda oliy mat. taʼlimini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishda, Oʻzbekiston FA Matematika in-tini tashkil etishda (1943) Romanovskiyning xizmatlari katta. T. A. Sarimsoqov. S. H. Sirojiddinov va b. uning shogirdlari.

Oʻzbekiston FA Matematika in-tiga uning nomi berilgan (1954).

As: Izbr. Trudы, t. 12, T., 19591964; Matematicheskaya statistika, t. 1—2, T., 19611963; Matematik statistikaning tajribada qoʻllanishi, T., 1950.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x