ROMANOVSKAYA Yelena Yevgenyevna

ROMANOVSKAYA Yelena Yevgenyevna (1890.24.5. hoz. Leningrad viloyati Pushkin sh. — 1947.22.11, Toshkent) — musiqiy folklorshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). 1917-y. dan Oʻzbekistonda yashagan. Leningrad konservatoriyasini tugatgach (1929), Toshkent musiqa bilim yurtida (1929— 36), Toshkent konservatoriyasida (1936-y. dan) pedagog, «Oʻzbek musiqasi» kursini yaratgan. Oʻzbek ayollar qoʻshiqlari, Xorazm maqomlari, dutor kuylarini notaga yozib olib, nashr ettirgan («Xorazm klassik musiqasi», T., 1939; «Oʻzbek laparlari» T., 1941; «Oʻzbek cholgʻu musiqasi», T., 1948 va b.). Bular orasida 2 jildli «Oʻzbek xalq qoʻshiqlari» (T., 1939, I. Akbarov bilan hamkorlikda) toʻplamining ahamiyati katta.

As: Romanovskaya Ye. Ye., Stati i dokladы. Zapisi muzыkalnogo folklora, T., 1957.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x