ROMANOV SAROYI

ROMANOV SAROYI, Knyaz Roma novning saroy va ov qoʻrgʻoni — Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik. RomanVizantiya meʼmorligi uslublashtirilib, ovchilar qoʻrgʻoniga oʻxshatib qurilgan (1883—1906, meʼmori A. Benua va V. Geynselman). 1907-y. da hovli atrofi metall panjara bilan oʻralib, otxona, xizmatchilar uyi barpo etilgan. Hovlida ohu, ot haykallari oʻrnatilgan. Romanov saroyi P — tarxdi, 2 asosiy qism va binoning bosh tarziga boʻrttirib ishlangan portik (peshayvon)dan iborat. Bosh tarzining markazidagi xona 2 qavatli, tomi gumbazli, 4 burchagiga bezakli nayzasimon minoralar ishlangan. Uyning pastki qismini ravoqli omborxona va xoʻjalik xonalari egallagan. 1qavatdaknyazning qashamatli uyi, qabulxona joylashgan. Klraverishdagi vestibyul orqali mehmonxonaga oʻtilgan. Yon qanotidagi aylanma zinadan 2qavatdagi uncha katta boʻlmagan xonaga, undan boloxonaga oʻtiladi. Boloxonaning 2 yoniga ovchi it haykali ishlangan. Vestibyulning 2 tomonidagi xonalar oynavand boʻlib, markazdagi xonalar bilan oʻzaro bogʻlangan. Gʻarbiy burchagidagi gumbazli xona «sharqona», sharqiy qanotidagi xona (zal) «yevropacha» bezatilgan. Bosh tarzidagi derazalar ravokli gotika uslubida ishlangan. Sharqiy zalni bezashda Namangan, Buxoro, Samarqand, Toshkent ustalari qatnashgan. Romanov saroyi yeda dastlab Turkiston xalq un-ti muzeyi, keyinchalik Respublika markaziy badiiy muzeyi (1924), Respublika pionerlar saroyi (1934—80), Oʻzbekiston zargarlik sanʼati buyumlari muzeyi (198093) joylashgan. 1993-y. dan taʼmirlanib, Tashqi ishlar vazirligining qabul marosimlarini oʻtkazish uchun moslashtirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x