ROK MUSIQA

ROK MUSIQA (ing. rock music — roknroll soʻzidan) — ommabop musiqa turi. 1950-y. larda AQSHda tijoratkoʻngilochar sanʼatining yangi (roknroll) shakli sifatida yuzaga kelgan (B. Xeyli, F. Domino, E. Presli, Ch. Berri). Oʻsha davrda keng tarqalgan «shirin ohang» qoʻshiqlar (F. Sinatra va b.) ga qarshi oʻlaroq Rok musiqada joʻshqin ritm, baland tovush (dinamika), gʻayratli va ehtirosli kuylash uslubi, qushiq matnlarida qoʻpol (adabsiz) iboralar keng oʻrin olgan. Rok musiqa ansambllar tarkibi asosini yakka xonanda, elektr (solo, ritm va bas) gitaralar va urma cholgʻular tashkil etadi. Ijro uslubi, ayniqsa, elektrogitaraning jarangdor, kuchli va taʼsirli ovozi, keng texnik va ifodaviy imkoniyatlar yordamida shakl topgan (J. Xendriks, R. Blekmor va b.). 60-y. lardan Rok musiqa Amerika va Yevropa yoshlarining jamiyatdagi iqtisodiy, siyosiy va axloqiy qadriyatlarga qarshi ijtimoiy (bitniklar, xippi, keyinchalik panklar va b.) harakatlarning maʼnaviy asosi sifatida yirik madaniy jarayon boʻlib rivoj topgan. Bu davrda Yevropa (jumladan, Angliya) guruhlari («The Beatles», «Rolling Stones» va b.) P.m. taraqqiyotiga alohida hissa koʻshgan. Tarixiy rivoji jarayonida Rok musiqa bir necha uslub va yunalishlarga ega boʻlgan. «Xardrok» («ogʻir, qattiq rok» — «Led Zeppelin», «Black Sabbath», «Scorpions», «Nazareth» va b.), «xevi metal» («ogʻir metall» yoki «ogʻir qurollar» — «Black Sabbath», «Deep Purple», «Led Zeppelin», «Metallica», «Rammstein»), «psixodelik rok» («Pink Floyd» va b.), «artrok» (mumtoz musiqa namunalariga asoslangan rok — «Deep Purple», «Urian Heep», «Queen» va b.), «folkrok» (Bob Dilan va b.), «glemrok» («jozibali, yoqimli rok» — «Kiss», E. Kuper va b.), «pankrok» («yomon, yaramas rok» — «Sex Pistols» kabi) va b. Oʻzbekistonda birinchi Rok musiqa guruhlari 1960-y. larning 2-yarmida paydo boʻlgan («Kiberglar», 1967, «Sigma», 1968 va b.). Ular repertuaridan Yevropa Rok musiqa namunalari bilan birga qayta ishlangan oʻzbek xalq kuylari, Oʻzbekiston kompozitorlari asarlari xam oʻrin olgan. 1970-y. larda asosan, folkrok («Yalla», «Kvazarlar», «Navo» va b.), jazrok («Sintez», «Inter», «Sato» va b.), keyinchalik xevimetal («Reys 09», «Daumetal») kabi va b. uslublar rivoj topgan.

Olimjon Bekov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x