ROJKUT — Hindistondagi shahar, Gujarot shtatida. Aholisi 790 ming kishi (2001). Katxiyavar ya. o. dagi transport yoʻllarining muhim tuguni. Aeroport bor. Q. x. rayonining savdo-sanoat markazi. Ip gazlama sanoati rivojlangan. Neft kimyosi, mashinasozlik va elektronika sanoati korxonalari; un-t bor. Mineral oʻgʻitlar ishlab chiqariladi.
Loading…