«ROHAT» — oʻzbek xalq kuyi. Rost maqomining Ushshoq shoʻbasi asosida yaratilgan. Rohat dastlab jozibali dutor kuyi sifatida tanildi. Keyinchalik tanbur, rubob, chang kabi cholgʻularga ham moslashtirib ommaviylashgan. Rohat kuyining musiqa shakli xona va bozgoʻy, shuningdek, peshrav vositalari qoʻllanishi natijasida hosil boʻladi. Joʻshqin surʼatli uslubda ijro etiladigan Rohat kuyi raqsga ham joʻr boʻlishi mumkin. Mohir gʻijjakchi S. Gabrielyan tomonidan Rohat oʻzbek xalq cholgʻulari orkestriga moslashtirilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые