RODOS

RODOS — Oʻrtadengizning sharqiy qismidagi orol, Jan. Sporada arxipelagida. Kichik Osiyo ya. o. dan 18 km, Gretsiya hududi. Mayd. 1404 km2. Qirgʻoqlari kam parchalangan. Eng baland joyi 1215 m (Ataviros togʻi). Asosan, ohaktosh va marmardan tuzilgan. Keng bargli va igna bargli oʻrmonlar, butazorlar uchraydi. Sohilboʻyi payettekisliklarida tokzorlar, bogʻlar, sitrus mevalar plantatsiyalari, zaytunzorlar bor. Baliqovlanadi. Turizm rivojlangan. Kurort koʻp. Yirik shahri — Rodos. R. — egey madaniyati markazlaridan. Oʻrta asr yodgorliklaridan Vizantiya ibodatxonalari (11 — 15-a. lar), musulmonlar meʼmorligi obidalari (16 — 19-a. lar) saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x