ROBIA al-ADAVIYA

ROBIA al-ADAVIYA (713/714801) — zohidlikning ilk vakilasi. Qashshoq arab oilasida tugʻilib, choʻri qilib sotilgan. Keyinchalik xudojoʻyligi va zohidlarga xos turmush tarziga ixlos bilan rioya etgani sababli ozodlikka chiqarilgan. Bir necha yil sahroda yolgʻizlikda kun kechirgan, keyin Basrada yashagan. R. A. Allohni sevishdan boshqa jamiki narsalarni rad etish tarafdori boʻlgan. Alloxdan hech bir tama — manfaat koʻzlamay, uni mutlaq sevish — inson maʼnaviy hayotining mohiyati ekanini zohidlardan birinchi boʻlib taʼkidlagan. Uning gʻoyalari keyingi avlod sufiylari orasida keng tarqalib, Bistomiy, Xalloj, Ibn Farid, Ibn Arabiy va b. sufiylar taʼlimotining asosini tashkil etgan. Robia Al-Adaviya taqvodorlik, Allohni sevish namunasi deb bilinib, avliyo sifatida ulugʻlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x