DO`STLARGA ULASHING:
#Rob_Janoff
Hozirgi vaqtda insonlarning ijtimoiy obroʻyini aniqlab beruvchi «tishlangan olmani» kim yaratgan?
Oʻsha mashhur va gigant kompaniya «Apple» ning logotipi yaratuvchisini siz yuqorida koʻrib turibsiz. Rob Janoff.
Grafik dizayner Rob Janoff AQSh ning Kaliforniya shtatida tugʻilgan. U universitetda oʻqish uning joyi emasligini bilgandan soʻng, grafik dizaynga eʼtiborini qaratishni boshlaydi.
1977-yilda «Apple» asoschisi Stiv Jobs Rob Janoffni ishga oladi. Appleʼning eng birinchi logotipi Stivga yoqmaydi. Shuning uchun u Robga ajoyib logotip yasashga topshiriq beradi.
Logotip Robning aytishiga qaraganda juda oson yaraladi (https://thelogocreative.medium.com/apple-logo-evolution-it-all-started-with-a-fruit-e976427f5292). U olmalar sotib oladi va ularni qoʻyib logotipni chiza boshlaydi. U bir hafta davomida ijod qiladi. Olma tishlanganining asosiy sababi gilos emasligini ifodalash.
Dastlabki Appleʼning logotipida Isak Nyutonning olma daraxti ostida oʻtirgani tasvirlangan edi. Bu esa Stiv Jobsga yoqmaydi.