ROʻZIMATOV

ROʻZIMATOV Vahob (1921.17.11, Toshkent) — jurnalist va tarjimon. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1976). Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi (1955—60), «Sharq yudduzi» jur. da adabiy xodim, boʻlim mudiri (1945—55), bosh muharrir oʻrinbosari (1960—71), «Guliston» jur. da masʼul kotib, bosh muharrir oʻrinbosari (1971 — 81), «Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati» gaz. da boʻlim mudiri (1881—82). Ijodiy faoliyati 30-y. lar oxirida tarjimonlik bilan boshlangan. M. Sholoxov, K. Simonov, romanlari, A. KonanDoyl, J. Svift, L. N. Tolstoy, A. N. Ostrovskiy, N. Hikmat pyesalari, shuningdek, A. S. Pushkin, A. P. Chexov, F. M. Dostoyevskiy, M. Gorkiy, B. Polevoy, O. Gonchar, G. Sevuns, OʻGenri, M. Tven, R. Tagor, J. Rodari va b. yozuvchilar asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirgan. Roʻzimatovning «Katta oila» (hamkorlikda, 1942), «Uch oʻrtoq» (hamkorlikda, 1943), pyesalari bor. R. Gʻafur Gʻulomning 10 jildli «Asarlar» toʻplamini (1970—78) nashrgatayyorlagan. «Elyurtxurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).

As: Qandolatchilar, T., 1965.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x