Rizayeva Yulduz Akramovna

Tarjimai hol

Rizayeva Yulduz Akramovna 1926 yil Farg‘onada tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatib, Toshkent studiyasi qoshidagi kinoaktyorlar maktabiga o‘qishga kiradi.

1946 yil o‘qishni tamomlab, studiyaga aktrisi bo‘lib ishga kiradi. Tahsilni davom ettirib, A. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutining teatrshunoslik fakultetini bitiradi (1953). Senariy bo‘limida muharrir, 1960 yildan “O‘zbekfilm” kinostudiyasida dublyaj guruhi muharriri sifatida faoliyat yuritadi.

Yulduz Rizayeva kinoda bir qator namunaviy rollar ijro etgan — Zuhra (“Tohir va Zuhra”, 1945, rejissyor Nabi Rahimov), Zulfiya (“Nasriddin sarguzashtlari”), Dilbar (“Farg‘ona qizi”), Komila (“Opa-singil Rahmonovlar”) va boshqalar. O‘zbek tilidagi ko‘plab filmlar dublyajlarida, badiiy filmlarning montaj sahifalari tarjimasida ishtirok etgan.

Tuman va Toshkent shahar Sovet xalq deputatligiga bir necha bor saylangan. “Fidokorona mehnatlari uchun” medali, “SSSR kinematografiyasi a’lochisi” nishoni bilan mukofotlangan. O‘zbek SSSRda xizmat ko‘rsatgann artist.

1998 yil “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x