RIYOZIY Imomuddin (? — Samarqand — 1479) — shoir, xattot va hofiz. Samarqand madrasalaridan biridatahsil koʻrgan. Turkiy va fors tillarida ijod qilgan. Riyoziy haqida maʼlumot, sheʼrlaridan namunalar «Majolisunnafois»dauchraydi. Riyoziy yoshligidan sheʼriyatga qiziqqan, salaflari ijodini qunt bilan oʻrgangan. Ilmi musiqiy, ilmi nujum va b. fanlar bilan ham shugʻullangan. Mumtoz adabiyotning anʼanaviy janrlarida turli mavzularda sheʼrlar yozgan. Navoiy R. bilan bir necha bor suhbatda boʻlgan va ijodiga yuqori baho bergan. Navoiyning yozishicha, u gʻazallar yozish bilan birga xattot, shuningdek, Qurʼonni ham yetti qiroat bilan oʻqiy oladigan hofiz boʻlgan. Hozirgacha Riyoziyning 89 gʻazali, 3 qitʼasi, 1 ruboiy va 8 fardianiqlangan. Devonlarining 12 nusxasi London, Bangola, SanktPeterburg, Dushanba, Tbilisi fondlarida saqlanadi.
Ad.:Alisher Navoiy, Majolis unnafois, T., 1961.