RITSARLIK AKADEMIYALARI — 1618-a. larda Germaniyada dvoryanlar farzandlarini harbiy, fuqarolik va saroy xizmatiga tayyorlovchi tabaqalashgan oʻquv yurtlari. Oʻquv rejasiga lotin, fransuz, italyan, koʻpincha ispan tillari, mat., fizika, genealogiya, xuquq, tarix va b. fanlar kirgan; qilichbozlik, otda yurish, raqsga tushish, saroy axllariga xos mulozamat va muomalaga katta eʼtibor berilgan. Kolberg (1653-y. tashkil etilgan), Lyuneburg (1655), Volfenbyuttel (1687) dagi Ritsarlik akademiyalari mashhur boʻlgan. 19-a. da gimnaziya va kadet korpuslariga aylantirilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые