RITSARLAR

RITSARLAR (nem, Ritter, dastlab — chavandoz) — oʻrta asrlarda Gʻarbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlarida imtiyozli ijtimoiy qatlam: keng maʼnoda — barcha oqsuyak mulqdorlar (feodallar), tor maʼnoda — fakat mayda oqsuyak mulkdorlar. Vassallik munosabatlari orqali oʻz senʼorlariga karam boʻlgan . R. ulardan yer mulki (feod) olib, evaziga qoʻshinda suvoriy xizmatini oʻtaganlar. Ritsarlarning jangovaroti, qimmatbaho ogʻir qurollari (qilich, qalqon, sovut) boʻlishi lozim edi, u maxsus ritsarlik taʼlimini olgan, turnirlarda qatnashgan. Ritsarlar uchun quyidagi axloqiy normalar: jasurlik, omonatga sadoqat, ayollarga nisbatan olijanoblik shart bulgan. Shundan (majoziy maʼnoda) Ritsarlar — fidokor, olijanob insonlar. 12—14-a. larda Ritsarlar harbiy kuch sifatida katta ahamiyatga ega bulgan. 15—16-a. larda muntazam armiyalar tuzilishi va uqotar qurollarning tarqalishi b-n ularga ehtiyoj qolmagan. Ritsarlar dvoryanlar tabaqasining asosini tashkil etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x