RITOR MAKTABI — Yunoniston va Rimda keng yoyilgan oliy gumanitar maktab: 3 bosqichli taʼlim tizimining yuqori choʻqqisi. Mil. av. 3-a. da Yunonistonda va mil. av. 1-a. da Rimda tarqalgan. Antik davr oxirigacha saqlangan. Boshlangʻich oʻrta va grammatik maktabdan soʻng, Ritor maktabida chiroyli soʻzlash sanʼati, notiqlik mahoratini egallash oʻrgatilgan. Ularda notiklik sanʼatidan tashqari yosh notiqlarning dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradigan turli fanlar, xususan, ritorika, huquqshunoslik, tarix, adabiyot, falsafa oʻqitilishiga eʼtibor qaratilgan. Mark Tulliy Sitseron va Mark Fabiy Kvintilianlarning «Notiklik sanʼati boʻyicha oʻgitlar» kitobi P.m. ni boshqarishda foydalaniladigan asosiy qoʻllanma hisoblangan. Ular P.m. ni rivojlanishning yangi bosqichiga olib chikdilar va Rimda bu maktablarning davlat tasarrufiga oʻtishini taʼminladilar. Rim imperiyasining soʻnggi davrlarida, siyosiy tuzumning notiklik sanʼatiga bogʻliqlik darajasi bir kdsar susayganligi sababli Ritor maktabining mavkei pasaydi va tortishuvli masalalarni hal etish vositasiga aylanib qoldi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые