RITON

RITON (yun. rhyton, rheo — oqaman dan) — ichimlik ichiladigan shoxsimon kad. idish. Yunon va Rim tarixchilari R. Hindistondan tarqalgan deb hisoblaydilar. Riton bir oz egilgan va ichi kovak boʻlib, hayvonlarning shoxlari, metall, sopol, yogoch va b. dan tayyorlangan. Baʼzi Riton larning pastki uchi hayvonlarning boshiga oʻxshatib bezatilgan. R. Qad. Eron, Baqtriya va Rimda ham mashhur boʻlgan. Qad. Niso sh. ni qazish paytida fil tishidan yasalgan Ritonlar (2a.) topilgan. Ularning pastki uchiga afsonaviy hayvonlar, avliyolar tasviri va ogʻiz tomoniga mifologik syujetlar boʻrttirib ishlangan. Niso Riton lari parfiyalik ustalarning yuksak sanʼat asarlaridan hisoblanadi. Kavkazda ichimlikni Ritonda ichish hozir ham mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x