RIO-NEGRO (ispancha — qora daryo) — Argentinadagi daryo, Patagoniyaning shim. qismida. And togʻlarining sharqiy yon bagʻridan boshlanuvchi Neuken va Limay daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Uzunligi Neuken irmogʻi boshlangan joyidan 1300 km, havzasining mayd. 146 ming km2. Patagoniyaning qurgʻoqchil tekisliklaridan oqib oʻtib, Atlantika okeaniga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 950 m3/sek. Yoz boshlarida toshadi. Ayrim qismlarida kema katnaydi. GES, suv omborlari qurilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые