RIO-GRANDE, RioBravodel Norte — AQSH va Meksikadagi dare, 2000 km masofada, yaʼni ElPaso sh. dan quyilish joyigacha ular orasidagi chegara vazifasini oʻtaydi. Uz. 2870 km, havzasining mayd. 570 ming km2. Qoyali togʻlardan boshlanib, qurgʻoqchil platolardan, baʼzida tor daralardan oqadi va Meksika qoʻltigʻiga quyiladi. Oʻrta oqimida oʻrtacha suv sarfi 570 m3/sek, quyilish yerida 15—20 m3/sek. Suvining deyarli hammasi sugʻorishga sarflanadi. Yirik suv omborlari qurilgan. Ayrim qismlarida kema qatnaydi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые