DO`STLARGA ULASHING:
?Ringer osma — infuziya uchun eritma .
?Chiqarilish dozalari — 100 ml, 150 ml, 200 ml , 250 ml , 400 ml va 500 ml flakonlarda chiqadi.
# Рингер осма
# Ringer osma
?Dori shakli : Infuziya uchun eritma.
? Tarkibi
Natriy xlor, kaliy xlor, kalsiy xlor.
?Ta’sir qilishiga ko’ra : Tuzli eritma
?Qo’llanilishi
— Plazma o’rnini bosuvchi vosita sifatida
— Shokda
— Kollapsda
— Kuyishlarda
— Sovuq urishda
— Uzoq davom etgan qusishda
— O’tkir va ko»p qon ketishda
— Diareyada
— Operatsiyadan keyingi davrni og’ir kechishida
— Turli zaharlanishlarda
— Suyuqlik ko’p yo’qotganda
— Jarohatlarni yuvish uchun sirtga ham qo’llaniladi.
?Qo’llash usuli va dozasi
Sutkasiga 500 ml gacha venaga tomchilab yuboriladi.Sekin yuborish kerak.
? Nojo»ya ta’siri
Preparatni katta hajmda yuborish suv elektrolit muvozanatini buzilishiga olib keladi. Atsidoz rivojlanishi mumkin.
?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Yurak yetishmovchiligida
— O’pka shishida
— Miya shishida
— Kam peshob ajratish holatida
— Umuman siydik ajratib bo»lmaydigan holatlarda
— Atsidozda
— Tromboflebitda
— Organizmda kalsiy, natriy, kaliy moddasi kop bo’lganda
?ESLATMA: Yurak yetishmovcholigida, Qon bosim baland bo»lgan bemorlarda, Jigar yoki buyrak faoliyati buzilishida ehtiyotkorlik bilan va shifokor nazorati ostida qo»llash kerak.
Homiladorlarga shifokor maslahati bilan qabul qiling.