RIBAKOV Arkadiy Andreyevich

RIBAKOV Arkadiy Andreyevich (1897.23.2, Belorussiya, Polosk uyezdi — 1991.20.6, Toshkent) — mevashunos olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1958), q. h. fanlari d-ri (1950), prof. (1951). Timiryazev nomidagi Moskva q. x. akademiyasini tugatgan (1923). Belorussiyada (1923—31) ishlagan. 1931—45 y. larda Oʻzbekiston bogʻdorchilik szlari tresti («Uzsadsovxoztrest») planlashtirish bulimi boshligʻi va bosh agronom, 1945 — 51 y. larda Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik i. t. in-tida boʻlim mudiri va ilmiy ishlar boʻyicha direktor muovini. 1951—82 y. larda Toshkent qishloq xoʻjaligi in-tining mevachilik va uzumchilik kafedrasi mudiri boʻlgan. Ilmiy ishlari Oʻzbekistonda bogʻdorchilik va tokchilik, ularni rivojlantirishning amaliy va nazariy masalalariga bagʻishlangan.

As: Promыshlennoye plodovodstvo UzSSR, T., 1954; Biologicheskiye osnovы kulturы plodovoyagodnыx rasteniy, T., 1956; Oʻzbekiston mevachiligi (Darslik), T., 1967 (hamkorlikda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x