REZUS-FAKTOR (Rh) — odamlar va bengal makakalari eritrotsitlarida boʻladigan antigen. Rezus-faktor bor yoki yoʻqligiga qarab rezusmusbat (Rh+ odamlarning 85%) va rezusmanfiy (Rh — odamlarning 15%) organizmlarga ajratiladi. Qon quyishda Rezus-faktorning amaliy ahamiyati katta. Rezusmanfiyli odamlarga rezusmusbatli odamlarning qoni quyilsa yoki rezusmanfiyli ayolning homilasi rezusmusbatli boʻlsa, immun kasallik (chaqaloqlarning gemolitik kasalligi va b.) vujudga kelishi mumkin. Bunday holatlarni aniqlash va davolash hozir yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Tugʻruq vaqtida, shuningdek, qon quyishda qon gruppasi kabi, Rezus-faktor ham, albatta, hisobga olinishi shart.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые