REZUS

REZUS, bengal makakasi (Massasa mulatta, yaʼni M. rhosus) — makakalar urugʻiga mansub maymun. Uz. oʻrtacha 80, dumi 25 sm; ogʻirligi 8—13 kg. Yungi sargʻishyashil, qorni va oyoklarining ichki tomoni okish. Terisi, odatda, okish tusda, urchish davrida yuzi va oʻtirgʻich soʻgali oʻtkir qizgʻish tusga kiradi. Jan. (Hindiston) va Jan.

Sharqiy Osiyoda (Nepaldan Shim. Myanmagacha) tarqalgan. Daraxtda va koʻpincha yerda tuda boʻlib yashaydi. Barmoklari va tovoniga tayanib 4 oyokda yuradi. Yaxshi suzadi va shoʻngʻiydi. Rezus serjahl va agressiv boʻlganidan ular toʻdasida dominantliktobelik sistemasi qatʼiy emas. Yil davomida, koʻproq bahor va kuzda bolalaydi. Tutqunlikda yaxshi koʻpayadi. Hayvonot bogʻlarida boqiladi. Lab. hayvonlari sifatida foydalaniladi. Rezusda qoqshol, difteriyaga qarshi emlash metodlari ishlab chiqilgan, antibiotiklar va b. dorilar taʼsirida tekshirib koʻrilgan. Rezus eritrotsitlar bilan immunlangan hayvonlar qoni plazmasi yordamida odam qonida rezusfaktor antigeni kashf qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x