REZINATEXNIKA SANOATI

REZINATEXNIKA SANOATIneft kimyosi sanoati tarmogʻi. Tarmoq korxonalarida sintetik va tabiiy kauchuk asosida turli rezina buyumlari tayyorlanadi. Asosiy mahsulotlari: avtomobil, mototsikl, traktor, velosiped va b. mashinalarga shinalar, rezina qoʻlpoqlar, transportyorlar, tashish lentalari, uzatma tasmalar, mashinalar va turli mexanizmlar uchun quyma va noquyma detallar, issiqlik va elektr izolyatsiyasi materiallari va b. Bundan tashqari, Rezinatexnika sanoati korxonalarida avtomobillar va q. x. mashinalari shinalari tiklanadi, rezinali poyabzallar, rezina aralash gazmollar, sanitariya va gigiyena anjomlari, sport buyumlari, oʻyinchoklar va b. ishlab chiqariladi. Rezinatexnika sanoati mahsulotlari mashinasozlik, kimyo, kumir, metallurgiya va b. sanoat tarmoklarida, transport va harbiy texnikada qoʻllaniladi.

Oʻzbekistonda bu tarmoqning ilk korxonasi Toshkent rezinatexnika mahsulotlari zdi 1944-y. da ishga tushirildi va toʻla quvvat bilan ishlay boshladi. Ilgari, asosan, rezina mahsulotlari i. ch. ga ixtisoslashgan «Oʻzbekrezinatexnika» birlashmasi (1975) 1987-y. dan xalq isteʼmoli tovarlari i. ch. ga oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan soʻng, Rezinatexnika sanoati korxonalari qayta jihozlanib, mashinasozlik korxonalariga butlovchi qismlar i. ch. ga yoʻnaltirildi. 1992-y. dan «Oʻzbekrezinatexnika» birlashmasida yengil avtomobil shinalarini tayyorlash oʻzlashtirildi. 1996-y. da yiliga yengil avtomobil uchun 1,5 mln. dona, yuk avtomobillari uchun 200 ming dona shina ishlab chiqariladigan quvvatlar ishga tushirildi.

Bundan tashqari, «Oʻzbekrezinatexnika» birlashmasi va kimyo sanoatining boshqa korxonalarida (Samarqand kimyo zdi) kalishlar i. ch. 10 mln. dan juftga yetkaziladi (1995). Shuningdek, bu tarmoq korxonalari respublika avtomobil sanoati uchun turli xildagi rezinatexnika mahsulotlari ishlab chikaradi.

Risqivoy Yoqubov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x