REZERVAT

REZERVAT (lot. rezervatus — saqlangan) — oʻz tartibiga koʻra, buyurtma qoʻriqxonaga yaqin boʻlgan, muhofaza qilinadigan tabiiy hudud. Rezervatda tabiiy kompleks elementlardan biri muhofaza qilinadigan asosiy obyekt boʻladi. Rezervatda ovlanadigan sut emizuvchilar, qushlar yoki baliklar, hayvonlar yoki oʻsimliklarning noyob turlari muhofaza qilinishi mumkin. Rezervatda koʻpaygan hayvonlar va oʻsimliklar boshqa hududlarga tabiiy yoʻl bilan tarqaladi yoki ular iqlimlashtiriladi va introduksiya qilinadi. Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda Rezervat termini, asosan, chet ellardagi muhofaza qilinadigan hududlarga nisbatan qoʻllanadi. Baʼzi qoʻriqxona va buyurtma qoʻriqxonalar ham Rezervat deyiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x